So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  0 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  7 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Superkubok. PSJ - "Tottenxem" o'yini oldidan prevyu Yangiliklar

Superkubok. PSJ - "Tottenxem" o'yini oldidan prevyu

Odatga ko'ra, evrokuboklar mavsumi o'tgan mavsumni yopib beruvchi UEFA Superkubogi uchun o'yin bilan boshlanadi.

Chempionlar Ligasi g'olibi PSJ yoki Evropa Ligasi chempioni "Tottenxem" o'rtasidagi bahsda omad kimga kulib boqadi?


PSJ

1. PSJ tatildan ancha kech qaytdi

Evropaning qator klublaridan, jumladan "Tottenxem"dan, farqli o'laroq parijliklar joriy mavsum deyarli dam olmadi. PSJ klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etdi va finalga etib bordi. Mavsumning oxirgi o'yinini Franciya poytaxti jamoasi 13 iyulda o'tkazdi — bir oy avval. Tabiiyki, tatildan kechroq qaytgan PSJ yozda o'rtoqlik o'yini o'tkazmadi. Natijada, Luis Enrike shogirdlari hozir qanday sport formasidaligini aytish mushkul. Ammo raqibdan farqli ravishda francuzlarning ustun tomoni — barcha nuqtalar, faqatgina darvozabondan tashqari, o'tgan mavsumdagidek.

2. Donnarumma mash-mashasi davom etmoqda, Zabarniy transferi yakunlandi

Bu yoz parijlilkarning selekciyasida ikki asosiy yo'nalishi bo'lib — darvozabon nuqtasi va yangi markaziy himoyachi xaridi. Darvoza nuqtasi bo'yicha masala hal bo'lgandek - klub "Lill" kiperi Lyuka Shevaleni sotib oldi. U bosh murabbiy Luis Enrikega yoqadi — Janluijji Donnarummadan ko'ra oyoqlari bilan yaxshiroq o'ynaydi. Italiyalik hali ham shartnoma muddatini uzaytirmadi, bitim 2026 yilgacha mo'ljallangan. PSJ darvozabonga yangi shartnoma taklif qildi, lekin tomonlar kelishuvdan ancha yiroq. Bu haqida batafsil yozgandik. Mish-mishlarga qaramay, Donnarumma yangi mavsumni qaerda boshlashi hamon nomalumligicha qolmoqda.

3. PSJning ingliz klublari bilan statistikasi yaxshi

O'tgan mavsum Luis Enrike shogirdlari Chempionlar Ligasida Angliya Premer-Ligasi vakillarini . Eng muhim evrokubok asosiy bosqichining hal qiluvchi o'yinida parijliklar "Manchester Siti"ni mag'lubiyatga (4:2) uchratishdi. Undan keyin ispaniyalik mutaxassis jamoasi tumanli Albion vakillarini musobaqadan chiqarib yubordi. Avvaliga "Liverpul", keyin esa ikki o'yin natijasiga ko'ra "Aston Villa" taslim etildi. Yarim finalda esa "Arsenal" mag'lub etildi. Shu o'rinda KJCH finalida "Chelsi"ga imkoniyat boy berilganini ham unutmaslik lozim. 



"Tottenxem"

1. "Tottenxem" ko'p o'rtoqlik o'yinlar o'tkazdi, ammo eng muhimida imkoniyatni boy berdi

PSJdan farqli o'laroq, "shporlar" yozgi tatilni to'laqonli o'tkazishdi, natijada jamoa yangi bosh murabbiy Tomas Frank boshchiligida o'rtoqlik o'yinlarini reja bo'yicha o'tkazdi. "Tottenxem" mavsumlar oralig'idagi o'rtoqlik maqomidagi musobaqalarda ham kamdan-kam g'olib bo'ladi, shunday ekan Gonkong Kubogi doirasida "Arsenal" ustidan qozolnilgan g'alabani (1:0) yaxshi signal deyish mumkindek. Angliyaning boshqa klublari bilan — "Nyukasl", "Uikomb" va "Luton" — o'yinlarda durang qayd etilgan bo'lsa, "Bavariya"ga yirik hisobda imkoniyat boy berildi (0:4).


2. Qudus va Palinya keldi, ammo Son ketdi, Meddison jarohat oldi

Muhammad Qudus — londonliklarning hujumdagi asosiy umidi. Katta pul evaziga kelgan ganalik "Arsenal"ga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdi. Umuman olganda mazkur bahsda jamoa hujumining oxirgi yillardagi ikki muhim figurasi MLSga yo'l olgan Son Xyon Min hamda jarohat sabab maydonga tusha olmaydigan Jeyms Meddisonni ko'rmaymiz. Tarkib borasida gapiradigan bo'lsak, Joau Palinya ijaraga olinganini ham takidlash zarur. KLub Matis Tel va Kevin Dansoni sotib oldi, shu bilan birga yosh himoyachilar Kota Takai va Luka Vushkovichni tarkibiga qo'shib oldi.


3. To'p bilan ko'p muomala qiladigan jamoalarga qarshi "Tottenxem" muammoga duch kelmoqda

Bu fikrga qarshi fakt sifatida "Arsenal" bilan o'yinni keltirishga shoshilmang — u erda "kanonirlar" hali mavsumga butkul tayyor emasdilar hamda optimaldan ancha yiroq tarkib bilan harakat qilgandi. Jamoa o'yiniga baho berish uchun "Bavariya"ga qarshi uchrashuv mosroq. Vensan Kompani shogirdlari — to'pga egalik qilish bo'yicha Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri. Shuning uchun tayanch zonasida Joau Palinya bilan umuman omadsiz o'tgan o'yinga etibor qaratish shart. PSJ ham to'p bilan nemislardan yomon munosabatda bo'lmasligi aniq, demak, inglizlarga yana qiyin bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика