So’nggi yangiliklar

13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  0 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  0 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  9 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   5 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  10 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7

Vadim Abramov: "PFL ligamiz kuchliroq bo'lishi uchun harakat qilishi kerak. OCHLda qatnasha olmasak, yigitlarni qanday ruhlantiramiz?" Yangiliklar

Vadim Abramov: "PFL ligamiz kuchliroq bo'lishi uchun harakat qilishi kerak. OCHLda qatnasha olmasak, yigitlarni qanday ruhlantiramiz?"

Coca Cola Superligasi 10-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida
Bahs qiziqarli kechdi. Yigitlarga o'yin uchun rahmat, munosib o'yin ko'rsatishdi.

Azimjonov haqida
U hali yosh. O'yinda keskinlik oshgani bois uni almashtirishga qaror qildim.

"Bunyodkor"ning o'yini 2 taymda 2 xil ko'rinish oldi. Bu bo'yicha nima deya olasiz?

Odatda 2-bo'limda yaxshi o'ynay olmasligimizni aytishardi, bu gal aksincha, 2-bo'limda yaxshiroq o'yin namoyish etdik. Futbol shundayki, unda kichik detallar ham muhim rol o'ynaydi. Yaxshi zarba yo'llandi va barchasi o'zgarib ketdi.

Jamoa ketma-ket o'yinlarga tayyormi? Zaxira o'rindig'i-chi?

Bunaqasi bizda birinchi marta kuzatilyapti, ko'ramiz. Afsuski, zaxira bo'yicha ayrim muammolar bor. Masalan, G'iyosovni ro'yxatdan o'tkaza olmaymiz.

Nega G'iyosov haligacha ro'yxatdan o'tkazilmagan?

Bizni PFL oldidagi qarzlarimiz mavjud. G'alati, lekin shu boisdan uni ro'yxatdan o'tkaza olmaymiz.

Klubning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tishi, jamoaning xalqaro maydondagi holatiga tasir o'tkazmaydimi?

Fikrimcha, bu noto'g'ri. Jamoa futbolchilari imkon qadar xalqaro o'yinlar uchun o'z o'yinlarini o'stirib, rivojlantirib borishlari lozim. Hozirgi holatda PFL ligamiz kuchliroq bo'lishi uchun harakat qilishi kerak. Hozir bizga aytishyaptiki, "Bunyodkor" OCHLda qatnashmaydi. Bunday holatda qanday qilib futbolchilarni ruhlantirish mumkin? CHempionat xalqaro maydondagi uchrashuvlar evaziga kuchayishi mumkin. Bundan tashqari, futbolni rivojlantirish bo'yicha Prezident qarori ham mavjud. Unda 2030 yilga qadar deb yozilgan. Hozir hech kim klublarni sotib olishga oshiqmayapti. Buni kengaytirilgan tarkibda yig'ilib muhokama qilish kerak.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика