So’nggi yangiliklar

00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  55 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  1 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  2 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  3 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  16 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  7 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  26 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  80 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   10

Vadim Abramov: "Paxtakor"ga qarshi o'yinda yigitlarning o'zlari ham tajovuzkorroq o'yin ko'rsatishga urinishadi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Paxtakor"ga qarshi o'yinda yigitlarning o'zlari ham tajovuzkorroq o'yin ko'rsatishga urinishadi"

Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan qoldirilgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




"Muxlislarning tashrifidan xursandmiz. Asosiysi, har ikki jamoa futbolchilarga rahmat deyman. O'ylaymanki, o'yin muxlislarga manzur kelgan.

O'yinni ishonch bilan boshlagandik, goldan keyin ustunlikni berib qo'ydik. "Paxtakor" futbolchilari esa bundan foydalanib qolib, gol urishdi.

Hayriyatki, 3-golni ura oldik.

CHempionat davomida bir tekis o'yin ko'rsatish qiyin. Yigitlar borlarini berishdi. Ularga "Paxtakor" o'z maydonimizda chempion bo'lmasligi kerakligini uqtirdik.

Bizda muammolar juda ko'p. Lekin buni alohida aytib o'tmoqchi emasman.

"Paxtakor"ga qarshi o'yin uchun maxsus ishlanmalarga qo'l urasizmi? "Paxtakor"ga qarshi o'yinda yigitlarning o'zlari ham tajovuzkorroq o'yin ko'rsatishga urinishadi. CHunki ularda terma jamoa futbolchilari to'p tepishadi va "Paxtakor" chempionat lideri. Demakki, bu normal holat.

Umid qilamizki, o'yin muxlislarga manzur kelgan va keyingi o'yinlarda ajiotaj kuzatilishi mumkin.

To'xtasinov jamoamiz etakchisi. U qiyin vaziyatlardan gol uradi, lekin negadir, oddiy vaziyatlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

To'xtasinov termadan chaqiruv olmayotgani ko'pchilikni hayron qoldiryapti? U termada o'ynashi mumkin va nomzodlar orasida bor. Uni chaqirsam, "faqat "Bunyodkor" o'yinchilarini chaqiradi" deyishlari mumkin. Uning poziciyasida terma jamoada futbolchilar ko'p. Masalan, Rashidovni ham hech chaqira olmayapmiz. CHunki uning joyida o'ynaydigan futbolchilar ko'p. Bozorov, Yaxshiboev, O'runov... Bu bir tarafdan odamni quvontiradi. Men uni yaxshi bilaman. Albatta, hammani kuzatib boramiz", – deydi Vadim Abramov.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика