So’nggi yangiliklar

07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   2 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  12 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  25 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  416 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  3 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  8 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9

Vadim Abramov: "Mavsum boshida 14ta jamoa ham chempionlik uchun kurashadi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Mavsum boshida 14ta jamoa ham chempionlik uchun kurashadi"

"Navbahor" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan so'ng ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning dastlabki qismida mehmonlar ustozi Vadim Abramov qatnashdi.

"Hozir tarkibimizda bor bo'lgan futbolchilar bilan birga oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajarishga harakat qilamiz. Termaga ko'plab o'yinchilarimizni olib ketishadi. Agar terma jamoa yig'ilganida klublar o'rtasidagi o'yinlar to'xtatiladi. Bunda muammo bo'lmasa kerak.

Ikkala jamoa murabbiylar bergan ko'rsatmalarga ko'ra o'ynadi. Bunday maydonda faqat bitta taktika bo'ladi: "To'pni oldinga tep, kombinaciya bo'ladi". "Navbahor" yaxshi o'ynadi, himoyachilarimiz ularga nisbatan munosib qarshilik qilishdi. Hakamlar ikkala tomonga ham xatolar qildi, u ham odam. Halol futbol bo'ldi.

"Navbahor"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman, muxlislariga gap bo'lishi mumkin emas, agar shunday o'ynashda davom etishsa yuqori o'rinlarga davogarlik qiladi. Kosonsoyga faqat g'alaba uchun kelgandik. Gol o'tkazmay g'olib bo'lganimizdan xursandman. Dilshod Jabborov asli namanganlik bo'lgani uchun bugun uni faqat ikkinchi bo'limda tushirdi, unga bosim bo'lishini bilgandim.

Mavsum boshida 14ta jamoa ham chempionlik uchun kurashadi. Dastlabki 5ta turdan so'ng vaziyat oydinlashadi. Asosiy davogarlar "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Nasaf" hisoblanadi. "Olmaliq" ertaga g'olib bo'lsa keyin ko'ramiz", - deydi Vadim Abramov.

SHerzod Hamdamov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика