So’nggi yangiliklar

23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  3 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  6 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:47"Атлетико" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  64

Vadim Abramov: “Keyingi uchrashuvlarda muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish qilishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Vadim Abramov: “Keyingi uchrashuvlarda muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish qilishga harakat qilamiz”

O'zbekiston Kubogi chorak final boschiqi javob uchrashuvlari doirasida “Lokomotiv” TTYMI stadioanida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu uchrashuvdan keyin Vadim Abramov o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalo, muxlislardan bugun namoyish etgan o'yinimiz uchun uzr so'rayman. Yigitlar o'yinga o'zlarini ruxan keraklicha tayyorlay olishmadi. CHog'lanish yaxshi bo'lmagani bois, hujumkor va tajovuzkor o'yin ko'rsata olmadik. Kelasi uchrashuvlarda bunday holat bo'lmasligiga harakat qilamiz va ancha jiddiy munosabatda bo'lamiz.

Yaxshiki, ikkinchi bo'lim so'nggida o'yinimizni biroz jonlantirdik va g'alaba qozondik. Bugun o'yin amaliyotiga ko'p ham ega bo'lmayotgan bir necha futbolchiga imkon berdik. Ular qay darajada ishonchimni oqlay olishgani yoki olishmaganini o'zlari yaxshi bilishadi. Alohida to'xtalib o'tishni istamagan bo'lardim.

Islom To'xtaxo'jaevni bugun oldinroqqa o'tib harakat qilishiga ruxsat berdik. U bemalol hujumchi ortida harakat qila oladi. Lozim bo'lsa hujumda ham o'ynataveramiz.

Kelasi uchrashuvlarda ancha shiddatliroq o'yin namoyish qilib, muxlislarimizni xursand qilishga urinamiz", dedi Vadim Karlenovich Abramov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика