So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Vadim Abramov: "Intriga yaratgandan ko'ra ishlash kerak" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Intriga yaratgandan ko'ra ishlash kerak"

"Lokomotiv" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.

"Ketma-ket ikki marta kuchli raqibga qarshi o'ynadik. Bugun o'yinimiz u qadar yaxshi chiqmadi, ammo g'alabadan xursandman", - deb gap boshladi Vadim Abramov. 

- So'nggi paytlarda matbuotda Abramov juda ko'p tilga olinmoqda. Bu borada sizning fikringiz qanday?

- Ular intriga qilishdi, qoyil qolish kerak. Lekin intriga qilgandan ko'ra barcha ish bilan shug'ullangan maqul. O'sha matbuot anjumanida men aniq aytgandim: "Barcha aybni o'z bo'ynimga olaman, mag'lubiyatda men aybdorman. Afsuski terma jamoadagi futbolchilarni asosiy tarkibga kiritib xato qildim". Butun dunyodagi murabbiylardan so'rang terma jamoa o'yinidan so'ng klubga qaytish qiyinligini aytadi. Semak "Zenit" - CSKA uchrashuvidan so'ng termadagi futbolchilar tanaffusdan so'ng charchab qolishganini aytdi. O'sha matbuot anjumanida "Paxtakor" muxlisi "terma jamoaga "Paxtakor"dan ham futbolchi chaqirilgandiku" deb qichqirgandi, to'g'ri u muxlis edi. Endi menga aytingchi O'FF prezidenti o'rnida bo'lsangiz meni o'sha gaplarimga qanday munosabat bildirasiz? Men kimnidir aybladimmi?

- Barcha gap o'sha gapingizni O'FF prezidentiga kim va qanday etkazganida...

- To'ppa-to'g'ri. Bunga ko'nikib ham ketdim. Yaqinda o'zbek futboli dushmaniga aylanib qolsam kerak. SHunga qarab ketmoqda. "Loko"ga kelganimda terma jamoaning ikki futbolchisi bor edi, Nesterov va Jasur Hasanov. Klubdagi ilk majlisdayoq "agar to'g'ri ishlasak butun jamoa terma jamoaga chaqiriladi" degandim. Ikki oydan so'ng 9 nafar futbolchi terma jamoada o'ynagandi. Meni esa dushmanga chiqarishmoqda.

O'tgan mavsumda Osiyo o'yinlari tufayli o'yinlar qoldirilmaydi deyilgandi. Biz barchasiga ko'nib Filiposyanni, Sahob Jo'raevni o'z safimizga qo'shib olgandik. Tarkibimizdan barcha futbolchilarni olib ketishdi va biz qolgan futbolchilar bilan o'ynadik. "Paxtakor"ning o'yinlari esa qoldirildi...Mayli nima bo'lsa ham ular o'sha qoldirilgan o'yinlarni ham qachondir o'tkazishadiku deb o'ylagandim. Milliy terma jamoa o'yinlari vaqtida oliy ligada tanaffus bo'lganida "Paxtakor" qoldirilgan o'yinlarni o'tkazdi, biz dam oldik. Terma jamoa bilan bo'lgan 9 nafar futbolchimiz qaytib kelgach biz "Paxtakor"ga qarshi o'ynadik...

- Mana gaplar jamoa o'yiniga qanchalik tasir ko'rsatayapti? 

- Odamlar terma jamoa atrofida birlashish kerakligini aytishdi, lekin keyinroq intriga yuzaga keltirishadi. "Terma jamoa mashg'ulotlariga borib ko'rishimni" aytishdi. Men bunga umuman aralasha olmayman, haqqim yo'q bunga. Zamonaviy futbol shunday terma jamoaga ketgan har qanday futbolchi Amerika bo'ladimi, "CHelsi" bo'ladimi barchasi shunday, 20 kun klubdan ajralib qolgan futbolchilar qaytib kelgach darhol o'yini chiqmaydi.

- Bugun Sardor Mirzaevning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Yo'q uning o'yinidan qoniqmadim. Umuman ko'pchilikning o'yinidan qoniqmadim. Yana bir gap kubok o'yinlarining ko'chirilishi haqida. Yarim finalga qura tashlashda qatnashgandim. 15 va 16 sentyabr kuni qaysi o'yinlar bo'lishi malum bo'lgandi. Biz 15 da "Nasaf" bilan, "Bunyodkor" va "Paxtakor" esa 16 sentyabrda o'ynashi kerak edi. 19 sentyabrda esa tur bo'lishi kerak edi. PFL keyinroq "Bunyodkor" va "Paxtakor"ning o'yinlarini bir kunga qoldirishdi, sabab qilib "futbolchilarning terma jamoadan kech etib kelishi"ni ko'rsatishdi. Bizga esa mumkin emas. 

- Sizda negadir asosiy tarkib yo'q. Bikmaev va Abduxoliqov juda kam o'yinda to'liq o'ynashganini statistika ko'rsatdi. Bugun ham hujumchilar almashtirildi...

- Ular to'liq o'ynaganida butun uchrashuv davomida to'liq o'ynashgani uchun almashtirilmagan. Mana Ronaldu yil davomida 100talab gol uradiku, nima uchun bunga intilishimiz mumkin emas?

- Bugun "Lokomotiv" safida qolganlarga nisbatan kim yaxshiroq o'ynadi?

- Boshqalarga nisbatan olib qarasak Nemanya Yanichich yaxshi harakat qildi. 


"Lokomotiv" matbuot xizmati

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика