So’nggi yangiliklar

09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  0 09:15Ямал тарихга кирди  4 08:41Дембеле тарихда ушбу натижага эришган 10-футболчи бўлди  8 08:09Месси Дембелени табриклади  5 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  4 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  119 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  5 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  8 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  6 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6

Vadim Abramov: "Galiulinni anchadan buyon sinab ko'rmoqchi edik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Galiulinni anchadan buyon sinab ko'rmoqchi edik"

Bugun O'zbekiston terma jamoasining BAAdagi yig'ini uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxati elon qilindi.

Ushbu ro'yxat borasida terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovga qo'ng'iroq qildik.

- Leginoerlarni hisobga olmaganda yig'inga o'zingiz o'ylagan barchani chaqira oldingizmi?

- Ha, legionerlar FIFA kuni bo'lmagani uchun bu yig'inga chaqira olmadik. Qolgan barchani chaqirdik. Hozircha hech kimda jarohat yo'q, agar xudo ko'rsatmasin yig'inga yaqin kimdir jarohat olsa yoki boshqa muammo bo'lsa uni o'rniga boshqa futbolchini chaqiramiz.

- Ko'pchilikda Vagiz Galiulin borasida savol uyg'ondi...

- Uni anchadan buyon terma jamoada sinab ko'rishni maqsad qilgandik. U Rossiya birinchi ligasida o'ynamoqda. Hatto FIFA kuni vaqtida Rossiya birinchi ligasida tanaffus bo'lmaydi. "Nefteximik" klubi rahbariyati bilan gaplashdik va kelishuvga erishdik.



- Bu yig'inga Mirjahon Mirahmadov ham chaqirilibdi...

- Ha, u sobiq olimpiya terma jamoasi hujumchisi edi. Yosh hujumchini milliy terma jamoada qanday ko'rinishini bilmoqchimiz.

- SHohruz Norxonov va Humoyun Murtozaev esa ro'yxatda yo'q ekan...

- Ularni oldingi yig'inlarda sinab ko'rgandik. Bu safar boshqa hujumchiga imkoniyat bermoqchimiz. SHomurodov Italiyada, Ubaydullaev esa Belarus klubiga o'tdi. Sergeev ayni paytda klub qidirmoqda.

- Eldor Suyunov bu safargi yig'inga ham chaqirilmadi. Unda jarohat yo'q, shunchaki rotaciyami?

- Suyunovda hech qanday jarohat yo'q. SHunchaki u terma jamoaga chaqirilsa maydonga tushishi kerak, Suyunov yig'inga kelib zaxirada o'tirishidan mantiq yo'q. Qolgan posbonlarni sinab ko'ramiz.


O'zbekiston MTJning Dubaydagi yig'iniga 25 nafar futbolchi chaqiruv oldi           





Reklama






Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика