So’nggi yangiliklar

23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  2 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  1 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  0 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 21:04"Галатасарой" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  21 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  20 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  35 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  16 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1

Vadim Abramov: "CSKAni har kuni ham yutavermaymiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "CSKAni har kuni ham yutavermaymiz"

Samarqandning "Dinamo" jamoasi kecha BAA yig'inidan o'rin olgan navbatdagi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi.

Abu-Dabida bo'lib o'tgan CSKA - "Dinamo" o'yinidan (3:4) keyin "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramovning kambek borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yaxshi sparring bo'ldi, yaxshi o'yin bilan zo'r tayyorgarlik ko'rildi. Hisobda uch marta ortda qolib, yakunda g'alaba qozonganimiz xursand qiladi. Yaxshi raqib, yaxshi sharoitlar, yaxshi yig'in. Samarqandlik muxlislarni ham tabriklash kerak, har holda CSKAni har kuni ham mag'lub etavermaymiz. Bugun omadimiz keldi.

Rossiyaning 6 karra chempioniga qarshi superkambek? Ha, hammasi yaxshi kechdi, ayniqsa har bir futbolchiga imkoniyat berishga intildik. Boshida o'z kuchimizga uncha ishonmadik, keyin esa o'yin tizginini qo'limizga olgach, ishona boshladik. Maydonda o'z o'yinimizni ko'rsatdik. Raqibning esa kuchli tomoni standart vaziyatlar edi, buni yigitlarga tushuntirgandik. Shunga qaramay, raqiblar bu ustunliklaridan foydalanib, gol urishdi. 

Biz esa milliy jamoaga yo'l olgan 4 nafar futbolchilarimizsiz ham o'ynab ko'rdik, fikrimcha bu jamoa foydasiga ishlaydi. Aslida bunday o'yinlarda natijaga qaramaslik lozim, chunki biz bahslarda boshqa jihatlarga etibor qaratamiz. 

Legionerlar o'yini? Yangi o'yinchilarimiz harakatidan qoniqdim, faqatgina Salou hali jismoniy jihatdan tayyor emas. Shu sababli uni maydondan oldim. U milliy jamoalarda o'ynagan va hali o'yinini kuchaytira oladi. Salou o'yinni ko'proq o'ziga olishi kerak. Qolganlar esa biz kutgan darajada harakat qilishmoqda.

Abdulahad Hoshimov? U zaxiradan maydonga tushib, o'zining kuchli jihati tezkorligini ishga soldi. Behruzning ham harakatlarini alohida etirof etgan bo'lardim. Qanot o'yinchilari juda yaxshi harakat qilishdi. 

Amonov va To'xtasinovning goli? Ular futbol o'ynashni biladigan yigitlar, ular haqida ortiqcha gapirish shartmas. O'sha epizodlardan yaxshi harakat qilishdi. Butun jamoaning o'yinidan qoniqdim, deyishim mumkin. Jamoa yomon ko'rinmadi.

"Akron"ga qarshi bahs ham qiziq o'tadi. Ehtimol, CSKA kuchimizga to'g'ri baho bermagandir, bunday natijadan keyin Rossiyaning bu klubi boshqacha kayfiyatda maydonga tushsa kerak. Qolaversa, ular bilan o'z hisob-kitobimiz bor. Ular biz bilan o'yinni bekor qilishgandi. Yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishlari kerak. Kim aslida kimligini ko'rsatishga harakat qilamiz», - dedi Vadim Karlenovich CSKA bilan g'alabali o'yindan keyin klub matbuot xizmatiga.

Reyting: +11   

Fikrlar

+4   
26 jan 08:52:17
Farhod Uktamovich
Бу йилги мавсумдан мухлислар Динамо Самарканд-дан совриндор булиши Чемпион булишини кутишияпти, олга Динамо, давай-давай Динамо
+4   
26 jan 08:46:19
Abduraxmon Vaxobov
Яшавор Динамо!! Яшавор Абрамов!! ОЛГА Динамо!!
+3   
26 jan 10:19:36
Abdumalik Halimov
ЦСКА ни телеграмм канали кетвотти, урисла чидолмаяпти, асосан менсимаслик тепадан туриб гапириш, хуллас урисла уз услубида, Самарканд булса галабадан сармаст, давомиц булиб Акронни хам ер тишлатса янаям Зур буларди, олга Самарканд
+3   
26 jan 08:23:45
Saidjahon
Menimcha bu yil eng zo'r transferlarni Dinamo qildi.Legionerlarni bilmadimu,lekin mahalliy o'yinchilar Abramov o'yin uslubiga mos tanlandi aql bilan o'yinchilar oldi.Shov shuvli bo'lmasa ham bemalol jamoani kuchaytira oladigan o'yinchilar keldi.Bu yil Dinamodan nimadir kutsa bo'ladi.Dinamo va uni muhlislariga omad.
+2   
26 jan 09:35:45
Мирзаев Ю Я
Динамо самарканд яхши шакиланмокда келажаги бор худо хохласа яхши булади
+2   
26 jan 07:54:35
Y@Go_6060
Олга Динамо
   
26 jan 12:35:19
Фарход
Барча Динамо Самарканд ишкибозларини хамда Карленович бошлик бутун жамоани табриклайман , уртоклик булса хам приятно ( ёкимли ) . ☆☆☆☆ админ негадир хар канча вактда комент ёзилганда кайта авторизация утинг маьнода ёзув чикади, ( профиль уз ( паспорт буйича ) номимда, телефон номери хам ) , нимага? ???
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика