So’nggi yangiliklar

23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  22 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2

Vadim Abramov: “Al-Cadd” guruh etakchisi ammo biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz Yangiliklar

Vadim Abramov: “Al-Cadd” guruh etakchisi ammo biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz

Doha, 16 mart – Bugun mahalliy vaqt bilan 10:45 da, “Jassim bin Xamad” stadionidagi matbuot markazida “Lokomotiv” va “Al-Sadd” jamoalari o'rtasida o'yin oldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Reglamentga ko'ra, jurnalistlar oldiga birinchi bo'lib mezbon jamoa vakillari chiqishdi.

Bosh murabbiy Vadim Abramov, o'z oldiga Jasur Xasanovni (katta) taklif etdi.

“Al-Cadd” kuchli jamoa va ayni damda guruhimiz etakchisi. SHunday bo'lsada, biz bor imkoniyatimizni yo'lga solib g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Guruhdan chiqishimiz uchun va musobaqani davom ettirish uchun boshqa ilojimiz yo'q. Ertaga hammasini vaqt ko'rsatadi, kim qanday tayyorgarlik ko'rganini, 90 daqiqa davomida maydonda tomosha qilamiz, ortiqcha tavsifga hojat bo'lmasa kerak”, - deydi Abramov, jurnalistlar savoliga javob berar ekan.



Doha televideniesi vakili Jasur Xasanovga yuzlanib, Qatarga yana bir bor xush kelibsiz, bu er sizga begona emas, “Al-Cadd” borasida jamoadoshlariz bilan o'rtoqlashdingizmi”,- deya savol berdi.

“Qatarda ikki jamoada to'p tepganman, “Lahviya” va “Qatar Sport” klublarida, chempionat doirasida “Al-Cadd” ga qarshi bir necha bor maydonga tushganman. Kuchli jamoa, ayniqsa yarim himoya chizig'i, shunday bo'lsada Saddga qarshi o'yinga tushganimda jamoam faqat g'alaba qozongan. O'ylaymanki ertaga ham aynan shunday bo'ladi”, - deya javob qaytardi Jasur Xasanov.



Eslatib o'tamiz, ertaga Toshkent vaqti bilan 20:45 da, Osiyo CHempionlar Ligasi doirasidagi 3-tur, “S” guruhidan o'rin olgan uchrashuvda Qatarning “Al-Sadd” jamoasi, Toshkentning “Lokomotiv” klubiga qarshi maydonga tushadi. Sevimli jamoamizga omad tilagan holda, ertangi o'yindan faqat g'alaba kutib qolamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика