So’nggi yangiliklar

01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  1 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  45 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  7 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  102 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  16

Universiada-2016. Futbol: Bosh sovrin Toshkent shahar terma jamoasiga nasib etdi Yangiliklar

Universiada-2016. Futbol: Bosh sovrin Toshkent shahar terma jamoasiga nasib etdi

Teglar :  Universiada
“Universiada-2016” sport o'yinlarining futbol bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqasida bosh sovrin sohibi malum bo'ldi.

Uchrashuv Toshkentlik futbolchilar uchun omadli boshlandi.  Birinchi bo'lim boshida Muhsin Ubaydullaev jarima to'pini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Oradan hech qancha o'tmay, yana o'sha himoyachi belgilangan jarima to'pidan unumli foydalanib, hisob oshirdi – 0:2. Golan keyin farg'onaliklar katta kuch bilan oldinga tashlanishdi. Pavel Smolyachenko, Sardor Mirzaevlardan bir necha bor qulay imkoniyat vujudga keldi. Ammo tanaffusga qadar hisobni o'zgartirish hech kimga nasib  etmadi. 

Ikkinchi bo'limda maydon egalari raqib darvozasiga katta bosim o'tkazishdi. Lekin barcha urinishlar besamar ketdi va o'yin oxiriga qadar hisob o'zgarmay qoldi. 

SHunday qilib, Farg'onada o'tkazilgan “Universiada-2016” sport musobaqalarining futbol turi bo'yicha bo'lib o'tgan bahslarida Toshkent shahri jamoasi oltin medalni qo'lga kiritdi. Kumush medali esa Farg'ona viloyati terma jamoasiga nasib etdi. Samarqandlik talaba futbolchilar esa uylariga bronza medali bilan qaytadigan bo'lishdi. 

G'olib va sovrindorlar munosib tarzda taqdirlanishdi.



Univerisada-2016 

Futbol 

Final

Farg'ona viloyati terma jamoasi  –  Toshkent shahri terma jamoasi - 0:2 

Bosh hakam: Ravshan Ermatov. 

Gollar: Muhsin Ubaydullaev 2 ta

Farg'ona viloyati terma jamoasi: Doston Mirzaraimov, Bobur Aminjonov,  Muhamadsulton Fozilov, Dilyor Ermatov, Faxriyor O'rinboev, Iqbol Malikjonov, Pavel Smolyachenko, Nodir Kamolov, Riza Ayvezov, Sardor Mirzaev.

Zaxira: Iqbol Boboxonov, Alisher Nuraliev, Xayrullo Madaminov, Ulug'bek Olimov.

Toshkent shahri terma jamoasi: Akbar To'raev, Azamat Isroilov, Muhsin Ubaydullaev, Abror Husainov, Doniyor Hasanov, Zoxir Pirimov, Sardor Sobirxo'jaev, Sunatillo Mamadaliev, Abbos Maxsitaliev, Jamshid  Hasanov, Alibobo  Rahmatullaev.

Zaxira: Tolib Ochilov, SHoxrux  Musurmonov. 


Abror Dehqonov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика