So’nggi yangiliklar

19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  1 18:40Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Олимпик" "Жайхун" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  1 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  3 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  1 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  28 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   4 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  5 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0

Uni chiroyli nishonla yoki gol urma (top-12) Yangiliklar

Uni chiroyli nishonla yoki gol urma (top-12)

Futbol gollar bilan chiroyli va jozibador.
Xar bir futbolchi o'z golini turlicha nishonlaydi va bu harakatlar ham millionlar o'yinini yanada go'zal qilib ko'rsatadi. Bugun jahondagi eng chiroyli gol nishonlashlarni 12 taligini etiboringiz taqdim etamiz.


 

12. Garet Beyl - yurakcha. Beyl bu nishonlash uchun xatto jahon estradasi yulduzi Jastin Biber bilan sudlashgan.



11. Lionel Messi. Messining fantastik gollariga uning mashhur harakati joziba beradi.



10. Klaas-Yan Xuntelar - oyoqda zarba. Braziliyadagi jahon chempionatida Gollandiya terma jamoasi Meksikani so'nggi daqiqalarda mag'lub etadi va so'nggi golga Xuntelar mualliflik qiladi va u xarsandligidan burchak bayroqchasini karate uslubida tepadi.



9. Ueyn Runi. "Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi maydonning barcha chizig'ida faol. U xatto gol nishonlashni ham "sindirib" qo'yadi.



8. Andrey Arshavin - jim! Rossiya futboli yulduzi "Arsenal" safida o'zining gol nishonlashini jahonda mashhur qilib yuborgan.



7. Mario Balotelli. Evro-2012ning yarim final bahsida Balotellining goli Germaniyani musobaqadan chiqarib yuboradi va futbolchi o'z futbolkasiga sig'may ketadi.



6. Server Jeparov - Salto. Milliy terma jamoamiz yarim himoyachisi, Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov o'zining gollarini salto bilan bezaydi.



5. Tim Keyxill. Burchak bayroqchalarini "sevadigan" yana bir futbolchi bu - Keyxilldir. U deyarli barcha gollarini o'sha "do'sti" bilan nishonlaydi.



4. Daniel Starrij. Starrij Luis Suares bilan bir jamoada o'ynagan kezlari bu raqsni ko'p taqdim etardi, ammo bu mavsum jarohat tufayli uning harakatlariga juda kam guvoh bo'lyapmiz.



3. Krishtianu Ronaldu. "Real" klubi futbolchisi nafaqat gollar bo'yicha, balki uni nishonlash bo'yicha ham eng yaxshilardan biri hisoblanadi.

"Men shu erdaman"



"O'zingizni bosing"



2. Mirko Vuchinich. Ayni damda "Al-Jazira"da to'p surayotgan Vuchinich futbolkani echib gol nishonlash mumkin emasligini biladi va shu sabab u "Yuventus"da o'ynagan paytlari shortigini echib golni nishonlardi. U 17-fevral kuni o'z jamoasi bilan Toshkentda Osiyo CHempionlar ligasi saralash o'yinida "Bunyodkor"ga qarshi bahs yuritadi. U gol urmaydi deb umid qilamiz.



1. Xames Rodriges va Kolumbiya terma jamoasi raqsi. Xames va uning jamoadoshlari ishtirokidagi raqs Braziliyada o'tgan mundialni yanada yorqin o'tishiga sabab bo'ldi. Ularning harakatlariga barcha maftun bo'lib qoldi.



Jasur Aslanov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика