So’nggi yangiliklar

18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  0 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  14 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5

Ummon bosh murabbiyi Pim Verbek O'zbekiston va Avstraliya terma jamoalarini solishtirdi Yangiliklar

Ummon bosh murabbiyi Pim Verbek O'zbekiston va Avstraliya terma jamoalarini solishtirdi

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya bilan bir guruhdan joy olgan.

Musobaqadagi ilk raqibimiz Ummon terma jamoasi taniqli mutaxassis Pim Verbek qo'lostida turnirga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ummonliklar 13 va 16 dekabr kuni Tojikistonga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazib, ikkalasida ham g'alaba qozonishdi. Endilikda ular 27 dekabr kuni Hindiston bilan kuch sinashishadi. 30 dekabr kuni esa Pim Verbek boshchiligidagi Ummmon terma jamoasi Avstraliyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Gollandiyalik mutaxassis 2007-2010 yillar davomida Avstraliya terma jamoasini boshqarganini ham takidlab o'tish zarur. 2 yanvar kuni esa Ummon terma jamoasi BAAda Tailand bilan nazorat o'yinida maydonga tushadi.

Pim Verbek Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayoni haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

"Avstraliyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazish imkoniyati yuzaga kelgandi, biz bu imkoniyatdan foydalanib qolishga harakat qildik. Sobiq jamoam azolari bilan yana ko'rishishdan mamnunman. Bu men uchun o'ziga xos o'yin bo'ladi".

Bilasizmi? Ummon Pim Verbek qo'lostida Fors Ko'rfazi Kubogida g'olib chiqqan.

Ummon terma jamoasi 62 yoshli gollandiyalik mutaxassis qo'lostida yaxshi natijalar qayd etmoqda. Ular joriy yilning yanvar oyida bo'lib o'tgan Fors Ko'rfazi Kubogida bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. Mazkur g'alaba Pim Verbekni Ummon mamlakatining qahramoniga aylantirdi.

"Ha, bu ajoyib natija bo'ldi. Biz musobaqa davomida Saudiya Arabistoni, Quvayt, Bahrayn kabi kuchli terma jamoalarni engdik. Finalda BAA terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdik. Milliy qahramon? Balki Ummonda mamlakat Sultonidan keyin ikkinchi o'rinda tursam kerak (kuladi). Ummon kichik davlat. Futbolda kuchli bo'lgan qo'shnilar ustidan qozoniladigan har qanday g'alaba terma jamoa muxlislari uchun nihoyatda yoqimli bo'lishi aniq".

Pim Verbek Ummon terma jamoasi bilan shartnomasini 2020 yilga qadar uzaytirdi.

"Osiyo Kubogida birinchi o'yin O'zbekistonga qarshi bo'ladi. Birinchi o'yinda g'alaba qozonish juda muhim. To'g'ri, guruhimizdagi Yaponiya va O'zbekiston bizdan bir bosh baland jamoalar. Ammo biz ularga tenglashishga harakat qilamiz. Bizning jamoa yosh, tarkibimizdagi ko'plab futbolchilar yana 4-5 yil yuqori saviyada to'p sura olishadi.

Osiyo Kubogi oldidan Avstraliyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazish juda muhim. Avstraliyaning taktikasi O'zbekiston terma jamoasiniki bilan bir xil. O'z o'rnida Avstraliya uchun ham Ummon bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish foydali deb hisoblayman", - deydi Pim Verbek.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика