So’nggi yangiliklar

21:00ЕЧЛ. "Қайрат" - "Реал" баҳси асосий таркиблари маълум!  7 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  27 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  13 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  7 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  3 19:20ЎФА нега жим?  10 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  8 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  18 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  2 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  9

Umid Qodirov: "Istiqlol"ga qarshi o'yin foydali bo'ldi" Yangiliklar

Umid Qodirov: "Istiqlol"ga qarshi o'yin foydali bo'ldi"

Teglar :  NeftchiUmid Qodirov
“Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda Farg'onaning “Neftchi” va Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi o'rtoqlik o'yinida maydonga chiqishdi.

Ushbu uchrashuvda farg'onaliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. “Neftchi” jamoasi yarim himoyachisi Umid Qodirov bilan mavsumga tayyorgarlik haqida intervyu oldik.

- Bugun Tojikistonning “Istiqlol” jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdinglar, o'yin haqidagi fikringizni bildirsangiz.
- O'yin haqida fikir bildiradigan bo'lsam, juda qiyin uchrashuv bo'ldi. Kurash asosan maydon markazida kechdi. Mavsum oldi kuchli jamoalarga qarshi o'rtoqlik o'yini har bir klub uchun kerak deb o'ylayman."Istiqlol" jamoasi ham o'zining chempionatida kuchli hisoblanadi, o'tgan yil OFK kubogi finalida o'ynagandi.

- Avvalgi Turkiyada bo'lib o'tgan yig'inda ham “Istiqlol” klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgansizlar. “Istiqlol” klubining avvalgi tarkibiga qaraganda hozirgi tarkibi qay darajada kuchli?
- O'tgan yilgiga qaraganda bu yil ancha kuchaygan, o'zimizda o'ynab ketgan Akmal Xolmatov ushbu jamoa sharafini himoya qilyapti. Bunday jamoalarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari biz uchun foydadan holi bo'lmaydi.

- Mavsumga qay darajada tayyorgarlik ko'ryapsizlar?
- Asosan jismoniy tayyorglik va texnikaga ko'proq etibor qaratyapmiz, bundan maqsad avvalgi holatimizni tiklab olish. Murabbiylar kim qanday holatda ekaniga qarab jismoniy mashg'ulot o'tkazyapti. CHunki hamma har hil holatda. Farg'onada Hokim kubogi bo'lib o'tadi, ushbu turnirda munosib ishtirok etishga harakat qilamiz. O'zbekiston chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Klub rahbariyatlari azaldan oliy o'rinlarni ko'lga kiritishni vazifa qilib kelgan, shuning uchun ham bu yil kuchli uchlikka kirishga harakat qilamiz. Jamoada hamma sharoitlar qoniqtiryapti, klub bilan yana ikki yillik kelishuvga erishdim.

Sotvoldiev Jahongir suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика