Gvardiola: "Husanovning o'ynidan qoniqish hosil qilyapman"
27 sen 08:53
Yangiliklar


Gvardiola: "Husanovning o'ynidan qoniqish hosil qilyapman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Abduqodir Husanovning o'ng qanotdagi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Hozirgi o'yinchilar Uokerga o'xshab o'ynashlari kerakmi? Yo'q. Men har bir sobiq futolchimni saqlab qolishni istardim; ular jamoaga juda katta yordam berishdi. Lekin futbol shunday - futbolchilar keladi va ketadi. Hammaning o'z karerasi bo'lishi kerak.
Husanovning o'ng qanotdagi o'yini? Hozircha ayta olmayman. Men Abduqodirdan mamnunman - u yaqinda [o'ng qanot himoyasida] o'ynadi. Bizda shuningdek Mateus Nunes, Riko Lyuis yoki hatto Jon Stouns ham ushbu chiziqda o'ynay oladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, hammasi joyida, ammo klub bu chiziqqa boshqa odam qidiryaptimi yoki yo'qmi, bilmayman", - deb fikr bildirdi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar