So’nggi yangiliklar

17:52"Аркадағ" - "Андижон". Таркиблар маълум бўлди  5 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  6 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  3 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  13 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  5 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  9 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   246 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  23

Umid Ahmadjonov Respublika olimpiya zaxiralari kollejidagi sharoitlarni borib ko'rdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Respublika olimpiya zaxiralari kollejidagi sharoitlarni borib ko'rdi

Xabaringiz bor, bundan ikki hafta oldin Respublika olimpiya zaxiralari sport kollejiga yangi rahbar tayinlangandi.

ROZKning yangi direktori Mirsardor Alimov oldiga bir qator vazifalar belgilanib, ularni qisqa muddatda bartaraf etish vazifasi yuklatilgandi.
Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov o'zgarishlar bilan tanishish maqsadida kollejga tashrif buyurdi. MOQ rahbari u erda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ovqatlanish racioni, yotoqxonasi, sport inshootlari, mashg'ulotlar maydoni, maxsus otxona ahvolini ko'zdan kechirdi. Yangi bino va inshootlarni loyihalash ishlari bo'yicha kerakli ko'rsatmalarni berdi.



“Respublika olimpiya zaxiralari kolleji o'z nomiga monand yurtimiz sportiga bo'lajak Olimpiya va Osiyo chempionlarini tarbiyalab berishi kerak. Bu maskanda faqatgina mamlakatimizning eng iqtidorli yoshlari tahsil olishlari, jismoniy va texnik imkoniyatlarini toblab borishlari lozim. Davlatimiz Olimpiya zaxiralari kollejlarining samarali ishlashi uchun milliardlab mablag' ajratmoqda. SHunday ekan, ushbu mablag'larning maqsadli sarflanishini jiddiy nazoratga olish kerak.

Biz har bir jihatni etiborga olishimiz zarur. Talaba-sportchilarning ovqatlanish racionidan tortib, mashg'ulotlarda oladigan yuklamasiga qadar qatiy nazoratda bo'lishi kerak. Bu erda bizning bo'lajak chempionlar kamolga etadi. Ularga barcha kerakli sharoitlarni yaratib berish yo'lida Milliy olimpiya qo'mitasi har qanday yordamga tayyor” – dedi Umid Ahmadjonov kollejdagi sharoitlar bilan tanishar ekan.


Tashrif davomida MOQ rahbari shuningdek kamondan o'q otish sport turi bo'yicha tahsil olayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi, kamchilik hamda muammolari bilan qiziqdi va o'sha erning o'zida imkoniyatlarini sinovdan o'tkazib ko'rdi.

Milliy olimpiya qo'mitasi yuritayotgan siyosat, olib borayotgan islohotlarga ko'ra yurtimizdagi Olimpiya zaxiralari kollejlari terma jamoalarimiz uchun asosiy baza sifatida xizmat qilishi kerak. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji esa ular orasida chin manoda bayroqdor bo'lishi lozim.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика