So’nggi yangiliklar

00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  0 23:45Миллатлар лигаси. Испания, Польша ва Португалия жамоалари иштирокида ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  4 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  3 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  2 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  3 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  4 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  13

Umid Ahmadjonov Qatar Amirining diplomatik masalalar bo'yicha maslahatchisi bilan uchrashdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Qatar Amirining diplomatik masalalar bo'yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

Teglar :  Umid Ahmadjonov
O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar amirlik oilasining eng nufuzli vakillaridan biri, Qatar amiri SHayx Tamim bin Hamad ol Soniyning akasi, bugungi kunda Qatar amirining diplomatik masalalar va sportni rivojlantirish bo'yicha bosh maslahatchisi sifatida faoliyat olib borayotgan SHayx Jassim bin Hamad bin Xalifa ol Soniy bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog'ida tomonlar ikki mamlakat o'rtasida futbolni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar haqida o'zaro fikr almashdilar. Umid Ahmadjonov SHayx Jassim bilan O'zbekistonda zamonaviy talablarga javob beradigan bolalar-o'smirlar futbol akademiyasining vakolatxonasini ochish masalasini muhokama qilib, O'FF bu borada Qatar bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyor ekanligini malum qildi.
Gap Dohadagi “Aspire” sport akademiyasi haqida bo'lib, bu inshootga 2004 yilda Qatar amirining farmoni bilan asos solingan. Akademiyaning bosh maqsadi Qatar sportining kelajagi uchun yosh iqtidorlarni izlash, ularni akademiyaga olib kelib, shu erning o'zida talim berish va katta sportchi qilib tarbiyalashdan iborat. Akademiyaning “Iqtidorlarni izlash dasturi” mavjud bo'lib, bu borada ular Qatar olimpiya qo'mitasi va Qatar davlatining oliy talim kengashi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Dastur Qatar davlatidagi maktab o'quvchilari orasidan iqtidorli bolalarni izlab topib, ularga sport bo'yicha grant dasturlarida ishtirok etishni taklif qiladi.
Akademiyaga dunyoning eng kuchli menejerlari, murabbiylari va ekspertlari jalb qilingan. Futbol talimining standartlari bo'yicha “Aspire” dunyoning eng yaxshi akademiyalaridan biri sanaladi. Jahon futbolining afsonalari Pele, Messi, Raul va Xavi kabilar akademiyaning xalqaro arenalardagi elchisi sifatida faoliyat yuritadi.

“SHayx Jassim janoblari bilan suhbatda biz “Aspire” akademiyasining vakolatxonasini O'zbekistonda ochish bo'yicha kelishuvga erishdik”, - deydi Umid Ahmadjonov O'FF matbuot xizmatiga. “Menda ushbu akademiya juda katta tassurot qoldirdi. SHayx janoblari bilan bu borada yakuniy kelishuvga erishganimizdan xursandman”.

SHayx Jassim 2004 yildan beri dunyoga mashhur va dong'i ketgan “Aspire” akademiyasiga rahbarlik qilib keladi.  SHu bilan bir vaqtda u 2022 yilgi jahon chempionatini o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mitaning vice-prezidenti ham hisoblanadi. SHuni alohida takidlash kerakki, SHayx Jassim bin Hamad bin Xalifa ol Soniy Qatar futbolining bugungi muvaffaqiyatlarining boshida turgan katta namoyandalardan biri hisoblanadi. U 1850 yildan beri Qatarni boshqarib kelayotgan Ol Soniylar amirlik oilasining ishongan vakili sifatida hukumat rahbarlari va shu kabi boshqa nufuzli mehmonlar bilan uchrashadi. Bundan tashqari u Qatar amiri SHayx Tamim bin Hamad ol Soniyning akasi hisoblanib, Qatar amirligining sobiq valiahdidir. SHu sababli ham SHayx Jassim Qatar amirining nomidan ish yuritadigan davlat namoyandasi sanaladi.
Umid Ahmadjonovning SHayx Jassim bilan uchrashuvi O'FF prezidentining Qatarga rasmiy tashrifi doirasida amalga oshirilayapti. Tashrif doirasida O'FF prezidenti SHayx Jassim rahbarlik qiladigan “Aspire”  akademiyasida bo'lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishgan edi. Umid Ahmadjonov, shuningdek, “Aspetar” sport tibbiyoti markazi va Qatar Futbol Uyushmalarida ham bo'lib, tashkilotlarning bugungi kundagi faoliyatini ko'zdan kechirib, Qatar Futbol Federaciyasi bilan hamkorlik to'g'risidagi memorandumni imzolash marosimida ishtirok etgan edi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика