So’nggi yangiliklar

21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  13 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  1 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  573 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  2 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  3 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0

Umid Ahmadjonov Olimpiada bo'yicha Tokioda uchrashuv o'tkazadi, shuningdek, Moskvada FIFA kongressida ishtirok etadi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Olimpiada bo'yicha Tokioda uchrashuv o'tkazadi, shuningdek, Moskvada FIFA kongressida ishtirok etadi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Tokio-2020 Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasi rahbarlari bilan uchrashish uchun Yaponiyaga yo'l oldi.

Yaponiyada Umid Ahmadjonov Tokioda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari o'tkazish Vaziri Toshiaki Endo bilan uchrashadi. Uchrashuv davomida Olimpiadaga tayyorgarlik bo'yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilinadi. SHuningdek, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Yaponiya milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti bilan ham uchrashishi ko'zda tutilgan. Ushbu uchrashuvda ikki mamlakat Olimpiya o'yinlari harakati doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Olimpiya sport turlarining rivoji yo'lidagi islohotlar muhokama qilinadi.

O'zbekistonlik sportchilar Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. Futbol bo'yicha O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi oldiga Tokio-2020ga yo'llanmani qo'lga kiritish bosh vazifa qilib qo'yilgan bo'lsa, boshqa sport turlarida Olimpiya o'yinlarida sovrinli o'rinlarni, oltin medallarni qo'lga kiritish asosiy maqsad hisoblanadi. Yaponiya safari davomida bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha o'zaro fikr almashiladi.

Keyin esa 8 iyun kuni Umid Ahmadjonov Moskvaga yo'l oladi. U erda FIFA kongressida ishtirok etib, Jahon chempionati oldidan turli tashkiliy masalalar muhokama qilinadi. FIFAning butun dunyoda futbol rivoji bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha hisoboti tinglanadi.

14 iyun kuni esa Umid Ahmadjonov yuqori martabali mehmonlar qatorida JCH-2018ning ochilish o'yini bo'lgan Rossiya – Saudiya Arabistoni uchrashuvini “Lujniki” stadionidan tomosha qilib, keyin yurtimizga qaytib keladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика