So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Umid Ahmadjonov Namanganda yangi mavsum ochilishida ishtirok etdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Namanganda yangi mavsum ochilishida ishtirok etdi

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Namangan viloyatiga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Bugun Umid Ahmadjonov Superliganing 3-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan oldin mavsumning ochilish marosimida ishtirok etdi. Namangandagi “Markaziy” stadioniga aslida 21913 nafar muxlis sig'ishi haqida avval xabar berib o'tgandik. Lekin bugun stadionga 25300 nafar muxlis tashrif buyurdi. Katta futbolni sog'ingan muxlislar sevimli jamoalari ishtirokidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun tribunalar zinalari, uning atroflaridan joy olishdi.


Ochilish marosimida Umid Ahmadjonov bilan birga Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyati futbol associaciyasi prezidenti Xayrullo Bozorov, Namangan shahri hokimi, “Navbahor” klubi prezidenti SHavkat Abdurazzoqov ham ishtirok etdi.

Umid Ahmadjonov so'zga chiqib, stadionga yig'ilgan muxlislarni yangi mavsum bilan, “Navbahor” klubining 40 yilligi bilan tabrikladi. Namanganlik muxlislarni futbolni juda ham sevishlarini alohida etirof etib, ishqibozlar mana shunday stadionlarni to'ldirib, sevimli jamoalariga muxlislik qilib o'tirishlari boshqa muxlislarga ham o'rnak bo'lishi kerakligini aytib o'tdi. Jamoaga ushbu mavsumda omad va muvaffaqiyat tiladi.


Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyati futbol associaciyasi prezidenti Xayrulla Bozorov O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va adolatli qarorlar uchun namanganlik muxlislar nomidan alohida minnatdorchilik bildirdi.


SHundan so'ng, Umid Ahmadjonov viloyat hokimiga sovg'a sifatida ramziy Kubokni topshirdi. SHuningdek, muxlislar bilan ishlashdagi faollligi uchun “Navbahor” futbol klubi muxlislar sardori Farxod Umaralievga ham sovg'alar topshirildi.

SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, uchrashuvga start berildi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика