A Seriyaning ikki grandi "Arsenal" azosi uchun kurashga qo'shildi
31 iyu 18:42
Yangiliklar


A Seriyaning ikki grandi "Arsenal" azosi uchun kurashga qo'shildi
"Arsenal" vingeri Leandro Trossardga boshqa klublar qiziqish bildirishda davom etmoqda.
Avvalroq 30 yoshli futbolchi uchun "Fenerbaxche" va "Borussiya" Dortmund klublari davogar sifatida ko'rilgandi. "TBR Football" xabariga ko'ra, belgiyalik futbolchini safida ko'rmoqchi bo'lganlar qatoriga Italiyaning "Napoli" va "Atalanta" klublari qo'shilgan.
Neapolliklar "Bolonya"dan Dan Ndoy bo'yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so'ng Trossard nomzodini ko'rib chiqmoqda, bergamoliklar esa "Inter"ga o'tish niyatida bo'lgan Ademola Lukmanning o'rniga futbolchi qidirmoqda.
Transfermarkt ekspertlari Leandro Trossardning narxini 22 million evroga baholamoqda. Futbolchining "kanonirlar" bilan shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum oxirida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar