So’nggi yangiliklar

23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  9 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  1 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  5 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  7 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  14 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4 20:52Украиналик футзалчи: "Биз бу натижани ўз-ўзидан қайд этганимиз йўқ"  0 20:20АПЛ. "Челси" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар якунланди  11 19:27Бразилия — Аргентина. Футзал бўйича ЖЧ финали учун таркиблар маълум  0 19:10Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияни аяб ўтирмади ва тарихда илк бор мундиалнинг бронза медалларига эга чиқди!  5 18:53"Реал" Карвахаль билан шартнома 2026 йилга қадар узайтирилганини эълон қилди. Ҳимоячи 8-10 ойга сафдан чиққан  0

Umid Ahmadjonov Namangan viloyatiga tashrif buyurdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Namangan viloyatiga tashrif buyurdi

MOQ Prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Umid Ahmadjonov Namanganga tashrifini yaqinda mamlakat Prezidenti farmoni asosida Milliy olimpiya qo'mitasi tasarrufiga o'tkazilgan CHortoq tumanidagi serjantlar tayyorlash maktabi negizida tashkil etilayotgan sport o'yinlari bo'yicha olimpiya tayyorgarligi markazidan boshladi va u erdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Yaqin orada bu erda sport o'yinlari bo'yicha Olimpiya terma jamoalarimz uchun zamonaviy baza bunyod etiladi. Inshoot terma jamoalarimizning asosiy bazalaridan biri bo'ladi.


Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasining qo'shma komissiyasi u erda amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirmoqda.

MOQ rahbari bugun shuningdek viloyatdagi bir qator obektlarga, Olimpiya zaxiralari kollejiga, shuningdek, "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadigan Superliganing ochilish uchrashuvlaridan biri "Navbahor" - "Lokomotiv" o'yiniga tashrif buyuradi.


 MOQ rahbari tashrifni eng avvalo mamlakat Prezidenti farmoni asosida Milliy olimpiya qo'mitasi tasarrufiga o'tkazilgan CHortoq tumanidagi serjantlar tayyorlash maktabi negizida tashkil etilayotgan sport o'yinlari bo'yicha olimpiya tayyorgarligi markazidan boshlagan va u erdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishgandi.

Yaqin orada bu erda sport o'yinlari bo'yicha Olimpiya terma jamoalarimz uchun zamonaviy baza bunyod etiladi. Etiborlisi, kelajakda bu erda nafaqat o'zbekistonlik sportchilar shug'ullanishlari, balki sporti taraqqiy etgan xorijiy davlatlar terma jamoalari bilan qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari ham tashkil etish imkoniyati bo'ladi.

Bugun shuningdek, delegaciya azolari Namangan shahridagi "Barkamol avlod" sport majmuasiga kelishdi. Bu erda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Umid Ahmadjonov o'z navbatida yosh sportchilar va ularning murabbiylari bilan suhbatda bo'lib, takliflarni eshitishdi. Fursatdan foydalanib, MOQ Prezidenti yosh stol tennischisi bilan bahs o'tkazib, o'z imkoniyatlarini sinab ko'rdi.

Keyin esa MOQ va O'FAning qo'shma komissiyasi Namangan Olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif buyurdi. Bu erda ham yosh sportchilar uchun yaratilgan barcha sharoitlar bilan tanishildi.

Kollej rahbariyati, murabbiylar bilan suhbat bo'lib o'tdi. Umid Ahmadjonov ko'pchilikni qiynayotgan muammolar haqida so'radi. Ularning taklif va mulohazalarini eshitdi. Olimpiya zaxilari kollejlarini katta islohotlar kutayotgani, bundan buyog'iga ushbu o'quv-sport maskani terma jamoalarimiz uchun asosiy baza sifatida faoliyat yuritishini takidlab o'tdi.


Navbatdagi manzil "Pahlavon" sport majmuasida joylashgan gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi bo'ldi. Umid Ahmadjonov bu erda ham mutasaddi xodimlarga kerakli vazifa va ko'rsatmalarni berdi. Sport anjomlari va gimnastika snaryadlarini sinchkovlik bilan ko'zdan kechirdi.


Markaziy stadionda esa Umid Ahmadjonov O'zbekistondagi eng faol va fidoiy ishqibozlar hisoblanadigan "Navbahor" jamoasi muxlislari bilan uchrashib, ular bilan suhbatda bo'ldi. Namangan viloyatiga safar davom etadi.

Eslatib o'tamiz, Umid Ahmadjonov bugun O'zbekiston Superligasining uchinchi turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvi bevosita stadiondan kuzatib boradi. Bugun Namanganda katta futbol bayrami. Markaziy stadionda yangi mavsum rasman start oladi..

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика