Umar Eshmurodov “Nasaf” bilan xayrlashdi
15 dek 2023 22:17
Yangiliklar
Umar Eshmurodov “Nasaf” bilan xayrlashdi
"Nasaf" matbuot xizmati jamoa himoyachisi va sardori Umar Eshmurodovning jamoadan ketganini malum qildi.
"So'nggi yillarda jamoamiz sardori bo'lgan tajribali himoyachi Umarbek Eshmurodov bilan klub o'rtasidagi hamkorlik o'z nihoyasiga etdi.
2016 yil klubimiz azosiga aylangan Umarbek jamoamizga ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishga o'zining munosib hissasini qo'shdi. Futbolchi klubimiz azolari bilan do'stona xayrlashdi. Biz ham jamoamizning ko'p sonli muxlislari nomidan Umarbekning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deb yoziladi klub rasmiy bayonotida.
31 yoshli futbolchi ushbu mavsumda 31 uchrashuvda maydonga tushdi va 2ta golga assist vazifasini bajardi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar