So’nggi yangiliklar

13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  2 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  13 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  9 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   23 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  17 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  4

Ulug'bek Baqoev: "SHo'rtan"dan yosh futbolchilardan birini ko'z ostimga olib qo'ydim" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "SHo'rtan"dan yosh futbolchilardan birini ko'z ostimga olib qo'ydim"

O'zbekiston Liga kubogi musobaqasining 1-tur doirasidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "So'g'diyona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach, matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar ustozi ishtirok etdi:

- Bugun stadionga tashrif buyurgan muxlislar qiziqarli va ancha keskin kurashlarga boy o'yin guvohiga aylanishdi. Garchi, yakunda durang hisobi qayd etilgan bo'lsa-da, natija va shogirdlarim harakatlaridan qoniqish hosil qildim.

Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad g'alaba qozonish bilan bir qatorda, zaxiramizda qolgan yigitlarimiz imkoniyatlarini tekshirib ko'rish edi. Deyarli aksariyat yosh futbolchilarimizni maydonga tushirdik. Afsuski, o'yin boshida yo'l qo'ygan xato va kamchiliklarimiz tufayli darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Muvozanatni tiklash uchun ancha vaqt sarfladik. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik.

"SHo'rtan" jamoasiga kelsak, G'uzorliklar menda juda yaxshi taassurot qoldirishdi. Ular bugun o'z muxlislariga munosib o'yin namoyish etish bilan birgalikda bejizga PRO-Liga"A" guruhida peshqadam emasliklarini isbotlashdi. Jamoada tajribali futbolchilar bilan bir qatorda istedodli yoshlar ham jamlanganligi ko'rinib turibdi. Ochig'i yashirmayman, mezbonlar tarkibda o'ynagan yoshlardan birini ko'z ostimga olib qo'ydim. Imkon tug'ilishi bilan yaqin vaqt ichida uni o'z jamoamga taklif qilishni rejalashtirib qo'ydim. Kimligi haqida hozircha aytmayman, bu sirligicha qolsin.


"SHo'rtan" matbuot xizmati


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика