Ulug'bek Baqoev: "Hamma yigitlarga so'nggi soniyalargacha kurash olib borishgani uchun rahmat aytaman"
06 avg 2022 21:59
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: "Hamma yigitlarga so'nggi soniyalargacha kurash olib borishgani uchun rahmat aytaman"

"Ko'rganingizdek, o'yinni yomon boshladik. Bahs boshidanoq 2 ta gol o'tkazib yuborganimiz tufayli 2-3 ta o'zgarish qilishga majbur bo'ldik. Futbolda o'yini chiqmagan futbolchi almashtiriladi. Murabbiylar shtabi to'g'ri qarorga kelib, o'yinni qutqarib qoldi. Hamma yigitlarga so'nggi soniyalargacha kurash olib borishgani uchun rahmat aytaman. Muxlislarimizni natija bilan tabriklayman va ularga minnatdorlik bildiraman", – dedi Baqoev.

- "So'g'diyona" dastlabki 20 daqiqada o'ziga o'xshamadi...
- Aytib o'tganimdek, o'yinimiz chiqmadi. Uyg'onganimizda kech bo'lgandi, chunki darvozamizdan allaqachon 2 ta to'p olib chiqqan edik. "Paxtakor" kabi jamoa bilan sust o'ynab bo'lmaydi. Nafaqat "Paxtakor", balki har qanday jamoa bilan oxirgi daqiqalargacha o'ynash, astoydil kurashish kerak. Biz O'zbekiston chempioni bilan o'ynaganimizni unutmasligimiz kerak. Ularda mahoratli futbolchilar talaygina. 0:2 yutqaza turib, jangovar durang qayd etdik. O'ylashimcha, biz ochkoga ega bo'ldik, "Paxtakor" esa 3 ochko yo'qotdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar