So’nggi yangiliklar

15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  4 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  2 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  1 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  12 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  28 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5

Ulug'bek Baqoev: "Buxoro"da moliyaviy inqiroz kuzatilmoqda" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Buxoro"da moliyaviy inqiroz kuzatilmoqda"

Superliganing 16-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida buxoroliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev klubdagi moliyaviy inqiroz bo'layotganini takidladi.

- Juda issiq bo'lgani tufayli o'yin qiyin o'tdi. Futbolda kim gol ursa o'sha jamoa yutadi. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa kelgusi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz.

Salamat Qutibaev va Sanat SHixovda jarohat borligi sababli ularning imkoniyatlaridan foydalana olmadik. "Bunyodkor" bilan o'yinda olgan jarohatidan so'ng Qutibaev yaqinda jarrohlik stoliga yotqizildi. Futbolchi hali to'liq tiklanib urgurgani yo'q. Sanat SHixov esa tizzasidan jarohat olgan.

Bahodir Nasimovni xorijga, aniqrog'i Ozarboyjon klubiga qo'yvordik. CHunki shartnomada Nasimovga xorijdan taklif tushsa qo'yib yuborish bandi kiritilgandi. SHu boisdan ham uni tekinga Ozarboyjon klubiga qo'yvordik.

Ochig'ini aytadigan bo'lsam, "Buxoro"da moliyaviy  inqiroz kuzatilmoqda. Jamoa va klub azolari maosh olishmayapti. Bu nima bilan bog'liq ekanligini bilmayman. Bu savolga klub prezidenti, rahbariyat javob bergani maqul. Bu meni vakolatimdagi masala emas.

Reyting: -36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика