So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  11 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Ulug'bek Baqoev: "Buxoro" futbolchilarining oldida xijolatdaman" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Buxoro" futbolchilarining oldida xijolatdaman"

"Paxtakor" - "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev va SHahboz Erkinov ishtirok etdi.

"Boburjon Omonovni jarohati bois majburan o'zgartirdik, o'shandan keyin ikki daqiqa ichida ikkita gol o'tkazib yubordik. Birinchi taymda vaziyatlar bo'lgandi. Gol urishimiz ham, ko'p gol o'tkazishimiz ham mumkin edi. O'ylashimcha bugun "Paxtakor" haqli ravishda g'alaba qozondi", - deydi Ulug'bek Baqoev.



"Og'ir o'yin bo'ldi, O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi. Birinchi taym yopiq va himoyadan o'ynadik, ikkinchi taymda esa natija ham bunday o'ynashga imkon bermadi. Raqib ham oson g'alaba qozonmadi deb o'ylayman. Keyingi o'yinlarda "Paxtakor"ga omad tilayman", - deydi SHahboz Erkinov.


- "Buxoro"ning qoniqarsiz natijalariga nima sabab bo'lmoqda? Moliyaviy holatmi?

- Ruhiy tomonlama albatta har bir mehnatga haq to'lanishi lozim. Hozirgi kunda yigitlar moliyaviy muammo tufayli qiynalishmoqda. Barcha o'yinlarga tayyorlangandek tayyorlanayapmiz, mashg'ulotlarda ishlayapmiz. Futbolchilarda jismoniy holati yaxshi, ruhiy jihatdan bunday deya olmayman.

- Moliyaviy inqiroz davom etaversa sizning murabbiylik faoliyatingizga tasir qilmaydimi?

- Menimcha bu savol ko'proq rahbariyatga bo'lsa kerak. Ular vada berishgan, vada berishmoqda. Ochig'i yigitlarning oldida hozir xijolatdaman. Sababi barcha futbolchilarning oilasi bor, farzandlari bor. Hozir faqat kutayapmiz, ijobiy yangiliklar bo'lishini kutamiz. SHaxsan o'zimga kelsak "Buxoro" bilan shartnomamni oxirigacha ishlayman, mavsum oxirida ko'ramiz.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика