So’nggi yangiliklar

23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  3 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:19Саудия Арабистонида марказий ўйин: "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  5 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  21 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  19 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3

Ulug'bek Baqoev: "Bugungi g'alabada darvozabon mahorati va yigitlardagi kuchli xohish muhim rol o'ynadi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Bugungi g'alabada darvozabon mahorati va yigitlardagi kuchli xohish muhim rol o'ynadi"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Sug'diyona" - "Lokomotiv"(2:1) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev fikrlarini bildirib o'tdi.

"To'g'risini aytsam o'yindan qoniqish hosil qilganim yo'q. Og'ir o'yin bo'ldi. Nima bo'lganini tushunmadim. Ikkita tezkor gol urdik. Keyin darvozamiz oldida raqibga havfli vaziyat yaratish uchun imkoniyat berib qo'ydik. Bugungi g'alabada darvozabon mahorati va yigitlardagi kuchli xohish muhim rol o'ynadi. Boshqa izohga xojat yo'q",- deydi Baqoev.

- Buguni darvozaga kiritilgan ikkita to'p ham standart vaziyatdan yuzaga keldi. Lekin, kombinacion hujum uyushtirilganini ko'rmadik. Bu taktikami va yoki o'yin davomida yuz bergan holatmi?

- "Lokomotiv" bizning kuchli va kuchsiz tomonlarimizni yaxshi o'rgangani ko'rinib turibdi. Futbol faqat kombinacion o'yindan iborat emas. Standart vaziyatlar, turli sxema va taktikalar futbolning bir qismi. Unda xatolar ham bo'lib turadi. Futbolchilarga bunaqa topshiriq berilmagan edi. Futbol shunisi bilan qiziq. 

- Bugun ikki hil bo'lim guvohiga aylandik. Ikkinchi bo'limga jamoa hisobni ushlab qolish maqsadida tushdimi?

- 2:0 dan so'ng yigitlarga zich himoyalanish kerakligi haqida ko'rsatma berdik. Tezkorlik bilan qarshi hujumga o'tishga harakat qildik. Nimadir o'xshadi yoki o'xshamadi. 

- SHohruz Norxonovda jarohat bormi?

- Unda koronavirus aniqlangan. Hozirda o'zini o'zi izolyaciya qilgan. SHu sababli bugun o'yinda ishtirok eta olmadi. 

- Ushbu uchrashuvga ko'plab muxlislar tashrif buyurishdi. Qo'lga kiritilgan g'alabada muxlislarni ham hissasi bormi?

- Muxlislarsiz futbol futbol emas. Biz kim uchun o'ynaymiz, xalqimiz va muxlislarimiz uchun. Muxlislarni kelishi bizga ishonch berdi. Muxlislarsiz rasmiy o'yin o'rtoqlik uchrashuviga o'xshab qoladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика