So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Ulug'bek Baqoev: "Andijon" jamoasi standart vaziyatlarda yaxshi o'ynadi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Andijon" jamoasi standart vaziyatlarda yaxshi o'ynadi"

"Andijon" - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev mazkur uchrashuv yuzasidan fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ulug'bek aka, avvalo “Andijon”ga qarshi uchrashuv borasidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Bugun “Andijon” jamoasi bilan o'ynadik. Bu klubni Superligaga chiqish vazifasi bor. SHu bois jamoa kurashuvchan. O'ziga yarasha kuchli. “Andijon”ning asosiy quroli standart vaziyatlar va biz aynan standartdan gol o'tkazib yubordik. O'yin davomida ob-havo ham issiq bo'ldi. Hozir Ramazon oyi, ko'p futbolchilar ro'za tutishyapti. SHu bois o'yinni biroz kechroq o'tkazsa ham bo'lardi. O'yin durangga loyiq deb o'ylayman. Futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman.

- Birinchi bo'limda asosiy o'yinchilarning maydonga tushirilmagani “Andijon”ni mensimaganlik bilan bog'liqmi yoki tarkibda o'zgarishlarni xohladingizmi?

- Bilasizmi, jamoada balans bo'lishi kerak. Barchaga o'yin amaliyoti kerak. SHu sababli kam o'ynayotgan futbolchilarga imkoniyat berdik. Kimdir ko'p o'ynaydi, kimdir ozroq. SHuning uchun rotaciya qildik. Bizda faqatgina 11 futbolchi asosiy tarkib azolari emas, balki barcha o'yinchilar asosiy tarkibga munosib.

- Jamoa himoyachilari standart vaziyatlarda o'ta yomon o'ynadi. Bunga sabab nima yoki himoyachilar tayyor emasmidi?

- Bugun “Andijon” jamoasi standart vaziyatlarda yaxshi o'ynadi. Boya aytganimdek, bu ularning asosiy quroli. Ko'rgan bo'lsangiz, oxirgi o'yinlarda “Andijon” faqat standartlardan foydalanyapti. SHuning uchun bu ularning ustun jihati hisoblanadi.

- “So'g'diyona” etakchisi Jasur Hasanov ikki o'yindan beri ko'rinmayapti. Bu nima bilan bog'liq?

- Jamoa sardorimizni kichik jarohati bor. SHuning uchun keyingi uchrashuvga saqladik.

- Filiposyanni Superliga o'yinlarida zaxirada qoldiryapsiz. Kubok bellashuvlarida esa asosiy tarkibda tushiryapsiz. Nima uchun unga Superligada ishonch bildirmayapsiz?

- Yo'q, bu erda gap ishonyapti yoki ishonmayapti, degan narsada emas. Artyom Filiposyanga kelsak, bizda 3 ta markaziy himoyachi bor. Sardor Qulmatov, Marko Kolakovich va Filiposyan. Bizning o'yin sxemamiz bo'yicha ikkita markaziy himoyachi bilan o'ynayapmiz. Hali oldinda o'yinlar ko'p. SHu sababdan Filiposyanni Kubok o'yinlarida sport formasini ushlab turishi uchun o'ynatyapmiz. Futbolchini yaxshi yoki yomon deb aytmayman. Biz unga albatta ishonch bildiramiz.

- Uchrashuv tugaganidan so'ng, futbolchilaringiz maydonda mashg'ulot o'tkazishdi. Bu sizning ko'rsatmangizmidi?

- Bugun kam o'ynagan futbolchilarga dastur bo'yicha mashg'ulot o'tkazishimiz kerak edi. CHunki ertaga yigitlarga dam beriladi, qolaversa, yo'lda bo'lamiz. Lekin ayrim sabablarga ko'ra bu mashg'ulotni o'tkaza olmadik. CHunki o'ynamagan futbolchilarga ko'proq yuklamalar berib mashg'ulot o'tkazmoqchi edik.

- O'yinda pro liganing kuchli klublaridan biri bo'lgan “Andijon”dan qanchalik qarshilik kutgandingiz va taxminlaringiz qanchalik o'zini oqladi?

-  “Andijon” jamoasi menga juda yoqdi. O'yinchilari ham yaxshi. Menimcha, “Andijon” Superligaga chiqish vazifasini bajaradi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика