So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Ulug'bek Bakaev: "Raqobatbardosh, medallar uchun kurashadigan jamoani qisqa vaqt ichida qurib bo'lmaydi" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Raqobatbardosh, medallar uchun kurashadigan jamoani qisqa vaqt ichida qurib bo'lmaydi"

"Buxoro" hamda "Navahor" o'rtasidagi Superliganing 21-tur o'yinidan (0:3) so'ng mezbon jamoa ustozi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Hisob hammasini aytib turibdi. Barcha jabhalarda mag'lub bo'ldik. Xatolarimizni tahlil qilib, keyingi o'yinlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz. Namanganliklarni tabriklayman".

- "Buxoro" oxirgi 5 daqiqada 2ta gol o'tkazib yubordi...

- Vaziyatni o'nglash uchun oldinga chiqdik. Raqib safida kuchli ijrochilar bor va ular bizni jazolashdi. Bunaqasi futbolda bo'lib turadi.

- Iminov o'zini ko'rsata olmagani uchun almashtirildimi?

- Nafaqat Iminov, balki butun jamoa o'z darajasida o'ynay olmadi. SHu sababli o'zgarishlar amalga oshirdik.

- Birinchi davrada g'alaba uchun jamoaga mahoratli futbolchilar etishmayapti degan edingiz, ikkinchi davrada bir necha tajribali futbolchilarni tarkibga qo'shib oldingiz. Ammo qoniqarsiz natijalar davom etmoqda, bularga nimani sabab qilib ko'rsata olasiz?

- Reglament bo'yicha 5 nafar futbolchini o'z safimizga qo'sha olardik. Imkoniyatimiz boricha yigitlarni chaqirdik. Tajribalilarning katta qismida shartnoma bor. Bir ikkin nafar tajribalilarni jalb qila oldik, biroq maydonda 11 nafar futbolchi o'ynaydi. Kelasi bahslarda yuqori daraja ko'rsatib, g'alaba qozonamiz deb o'ylaymiz.

- Ligada jon saqlab qolish uchun imkoniyat bormi?

- Doimo imkoniyat bo'ladi.

- Muxlislarga aytadigan so'zlaringiz bormi?

- Bunday og'ir damlarda bizni qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat. Imkoni boricha harakat qilyapmiz. Raqobatbardosh, medallar uchun kurashadigan jamoani qisqa vaqt ichida qurib bo'lmaydi.


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика