Ulug'bek Bakaev: "Mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi"
04 iyu 2024 10:05
Yangiliklar
Ulug'bek Bakaev: "Mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi"
Pro-liganing 11-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Do'stlik" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'yin haqida
- Juda sekin futbol o'ynadik. Vaziyatlarimiz bo'ldi, foydalana olmadik. Raqib o'z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. 0:2 hisobidan keyin tavakkal qilib oldinga o'tishga majbur bo'ldik. Mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Yigitlar oxirigacha harakat qilishdi, buning uchun ularga rahmat aytgan bo'lardim. Bir ochko bo'lsa ham qo'lga kiritdik.
- Jamoa bugun kutilmaganda 2 ta gol o'tkazib yuborganiga sabab nima bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Juda sekin o'yin ko'rsatdik. Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Raqib o'yinga jiddiy tayyorlangani ko'rinib turibdi. Ruhiyat ham o'yin davomida muhim faktor hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar