So’nggi yangiliklar

04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  0 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   4 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  8 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  6 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  7 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  1 21:28"Барселона" янги "Камп Ноу"да илк ўйинини қачон ўтказиши маълум бўлди  2 20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  3 20:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Италия билан ўйиндан олдинги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 20:12"Шармандалик, бу шармандалик!"  56 20:10Нурбек Сарсенбаев: "Италия қарши ҳужумда Хорватиядан кўра анча хавфли"  2 19:51Муҳаммадали Мусахонов: "Италия билан учрашувда бор кучимиз билан ҳаракат қилиб, давлатимиз байроғини юқорига кўтарамиз"  0 19:28Ислом Исмоилов: "Италия — нафақат Европа, балки мундиалнинг энг кучли жамоаларидан бири"  7 19:10Ўзбекистоннинг италиялик таҳлилчиси Каннавародан таклиф, "Squadra Azzurra"нинг муваффақиятсизлиги ҳамда U-17 жаҳон чемпионати нимчорак финали ҳақида гапирди  0

Ulug'bek Bakaev: "Denisov va Musaevlar umumiy guruhga qaytishdi" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Denisov va Musaevlar umumiy guruhga qaytishdi"

"Mashal" - "Buxoro" uchrashuvidan (0:0) so'ng mehmonlar ustozi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Gol bo'lmadi, ammo bahs qiziq o'tdi. Yigitlarga rahmat aytaman va keyingi bahsga tayyorlanamiz. Uchrashuv boshidagi jarohat tufayli tarkibda o'zgrishlar bo'lib ketdi, kuchli jamoa bilan durang qayd etdik.

- Denisov va Fozil Musaevlarda jarohat bormi?

- Ularning ikkisida kichik jarohat bor edi. Yigitlar umumiy mashg'ulotlarga qaytishdi va tez orada o'yinlarda jamoaga yordam berishadi.

- "Buxoro" va "Mashal" guruhdagi holatdan kelib chiqib natija uchun o'ynadi. Bu bahs OKMKga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik vazifasini o'tadimi?

- Birinchi navbatda guruh jadvalidagi holatga qarab o'ynadik. Ko'proq natijaga etibor qaratdik, "Mashal"da bir nechta vaziyatlar bo'ldi. 0:0 hisobi bizni qoniqtirmasligi mumkin, chunki ular keyingi turda "Aral Akademiya"ga qarshi o'ynaydi. Oldimizga qo'yilgan keyingi bosqichga yo'l olish vazifasini muvaffaqiyatli bajarmoqchimiz.

- "Buxoro" va "Mashal" o'rtasida qisqa vaqt ichida 2ta uchrashuv bo'lib o'tdi va ikkala o'yinda ham hisob ochilmadi. Bu jamoalar bir-biriga noqulay raqiblarmi?

- Ikkala jamoaning kuchi teng bo'lsa kerak. Bunday kurashlarga boy bahslar yoshlarga o'sishda katta yordam beradi. "Mashal" bilan yana 3ta o'yinimiz bor, ko'ramiz, kim kuchliroq bo'lar ekan.

- Qatardagi U23 Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan yigitlarimizga nima degan bo'lardingiz?

- Ular Olimpiadaga chiqishini judayam xohlayman. Bu butun o'zbek xalqi uchun, yoshlarimiz uchun katta bayram, muvaffaqiyat bo'ladi. Ularga omad tilayman. Mamlakatimizga qahramon bo'lib qaytishsin.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика