So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

Ulug'bek Bakaev: "Bunyodkor" g'alabani ko'proq istagan shekilli, omad ularga kulib boqdi" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Bunyodkor" g'alabani ko'proq istagan shekilli, omad ularga kulib boqdi"

Superliga 4-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Bunyodkor" (0:2) bahsidan so'ng buxoroliklar ustozi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limda tengma-teng o'yin bo'ldi. Tanaffusgacha yaxshiroq o'ynadik deb ayta olaman, ikkita gol urishimiz ham mumkin edi. Realizaciya masalasida oqsadik. Ikkinchi bo'limda esa "Bunyodkor" futbolchilari kutishda davom etishdi va yakunda gol urishdi. Birinchi golni rikoshetdan, keyingisini esa burchak zarbasidan so'ng o'tkazib yubordik. Jamoamga hech qanday etirozim yo'q. Biz yaxshi o'ynadik, ammo vaziyatlardan foydalana olmaganimiz tufayli pand edik. "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman" - deya fikr bildirdi Ulug'bek Bakaev o'yin haqida.

- Bugun "Buxoro" o'z vaziyatlaridan yaxshi foydalana olmadimi yoki "Bunyodkor" yaxshi himoyalandimi? O'yin natijasiga qaysi faktor ko'proq tasir qildi deb o'ylaysiz?

- Ikki teng jamoalar maydonda edi. Ikki jamoa ham tartibli o'yin namoyish etdi, ammo bu futbol. Rikoshet ro'y bergan vaziyat bizga tasir qildi. Bu omadsiz holat bo'ldi, xolos. "Bunyodkor" g'alabani ko'proq istagan shekilli, omad ularga kulib boqdi.

- O'tgan mavsum "Buxoro" safida Artyom Filiposyan, Vitaliy Denisov va Jasur Hasanov kabi tajribali, ammo yoshi katta futbolchilar o'ynagandi. Joriy mavsumda esa Ravshan Xayrullaev, Javohir Ro'ziev kabi yosh futbolchilar asosiy tarkibdan joy olishmoqda. Joriy mavsum startidan avval jamoani yoshartirishga qaror qildingizmi?

- Men futbolchilarning yoshiga qaramayman. Kim mening talablarimga javob bersa, o'sha futbolchi o'ynayveradi. Yosh va pasportning ahamiyati yo'q. Biz bilan birga bo'lgan yigitlarga katta rahmat aytaman, ular biz bilan birga bo'lishdi. Yosh futbolchilar esa o'yin amaliyotiga ega bo'lishga loyiq ekanligini ko'rsatishmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика