So’nggi yangiliklar

10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  0 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  5 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  3 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  34 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  1 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  12 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  3

Ulug'bek Aknazarov: “Timur Kapadzega bildirilgan ishonch uchun rahmat" Yangiliklar

Ulug'bek Aknazarov: “Timur Kapadzega bildirilgan ishonch uchun rahmat"

“Navbahor” jamoasining kelajagi sifatida qaralayotgan 2001 yilda tavallud topgan mahoratli yarim himoyachi Ulug'bek Aknazarov 1,5 yillik tanaffusdan so'ng yana yoshlar terma jamoasiga jalb qilindi.

Timur Kapadze murabbiylik qilayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasining CHig'atoydagi o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etayotgan hamda mazkur jamoaning O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Buxoro" klubiga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushgan futbolchi bilan qisqacha suhbat uyushtirildi.

- 2019 yili gepatit-S kasalligiga chalinganligim uchun yil boshida davolanishga majbur bo'ldim, - deya o'z so'zini boshladi Ulug'bek Aknazarov. 

- O'shanda Qrimda “Navbahor”ning asosiy tarkibi bilan shug'ullanib qaytgandim. Afsuski, takidlaganimdek, gepatit-S xastaligiga chalinganim sababli, davolanib, bir yil vaqtimni o'tkazib yubordim. Ayni paytda hammasi yaxshi. O'zbekiston yoshlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadzega yana bir bor imkoniyat berganliklari uchun katta rahmat. Endi bor etiborimni mashg'ulotlarga qarataman. 

- Yana yoshlar terma jamoasi tarkibiga jalb etilishingizga umid qilyapsizmi?

- Yoshlar termasida 30 nafardan ortiq futbolchi bor. Raqobat kuchli. Jaloliddinov va Erkinov haqida ortiqcha aytib o'tirish shart emas. Mendagi asosiy muammo, Osiyo chempionatiga yaqin qolganidagina terma jamoaga jalb etilganim bo'ldi.Ishqilib kech qolmagan bo'lay. Xursand qilgani, bosh murabbiyimizning qo'llab-quvvatlashi. Birinchi marotaba tanishgan odam uchun bu juda muhim. Eng qizig'i, men ham Timur aka kabi tayanch yarim himoyasida o'ynayman. SHuning uchun ulardan o'rganadigan narsalarim ko'pligini tushunib turibman. 

Yoshlar terma jamoasining keyingi yig'iniga jalb etilamanmi yoki yo'qmi, buni murabbiy hal etadi. Lekin, ishonch bildirishsa, uni oqlash, terma jamoa sharafini qo'limdan kelganicha, himoya qilishga vada beraman.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика