So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  20 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  89 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Ukraina premer-ligasi qanday shartlar evaziga tiklanishi mumkin? Alisher Nikimbaevdan "shpargalka" Yangiliklar

Ukraina premer-ligasi qanday shartlar evaziga tiklanishi mumkin? Alisher Nikimbaevdan "shpargalka"

Bugun mamlakatimizda tilga olinmagan asosiy hujjat to'g'risida gaplashamiz.

Kecha bo'lib o'tgan "Tezkor studiya"dan so'ng, taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev o'z shaxsiy sahifasida quyidagicha post qoldirdi:

“SHunday qilib, O'zbekistondagi hayot asta-sekin, avvalgisiga qaytmoqda. Demakki, futbol mavsumining tiklanishi ham yaqin. Faqat PFL rahbarlaridan birining so'zlaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, mavsum tiklanishi qay tartibda bo'lishi nomalum.

SHpargalka sifatida Ukrainaning bir telegram kanalidagi postni o'qishni taklif qilaman. Lekin u erdagi 5-band faqat Ukrainaning o'ziga taalluqli”.

XAVFSIZLIK PROTOKOLI HAQIDA (tibbiyot va logistika bo'yicha). O'FF va UPL uchun yangi sharoitda bunday qo'llanma ularga zarurligini anglay olmaydilar, ayni damda ularga qiyin.

Bundesligani misol keltiraylik. Ular rejani ipidan ignasigacha yozib chiqishdi. Xavfsizlik protokoli bo'yicha Germaniya chempionati qaytadan boshlangach, qanday ko'rinishga ega bo'lishi allaqachon aniq – Bild’ning takidlashicha, barcha futbolchilar o'yindan bir kun oldin testdan o'tishadi. Manfiy natija olganlar o'yinlarda ishtirok etishi mumkin bo'ladi, musbat testga ega bo'lgan futbolchilar ikki hafta muddatga izolyaciya qilinadi. O'yin uchun masul shaxslarning hammasi doimiy nazorat ostida bo'ladi va ularning harorati o'lchab turiladi.

Barcha ichimliklar muhrlanadi - har bir o'yinchi va murabbiyning faqatgina o'ziga tegishli bo'ladi.

Jamoalar turli mehmonxonalarga joylashadi va o'zlari bo'lishlari shart. Uchrashuvlar haftada ikki marta, seshanba va shanba kunlari bo'lib o'tadi.

Ijtimoiy masofani saqlash maqsadida jamoalar stadionga uchta klub avtobusida kelishlari talab etiladi. O'yinchilar yakka tartibda maydonga tushadi, qo'l berib ko'rishish man etiladi. Hatto har bir o'yinda ishtirok etadigan odamlar soni aniq belgilab qo'yiladi: futbolchilar, murabbiylar, bollboylar, sharhlovchilar, direktorlar, texnik xodimlar, jami soni esa 300 tadan oshmasligi lozim.

Butun protokol 40 sahifadan ziyod faylda jamlangan.

Diqqat qiling, endi UPL bo'yicha savollar:
1. Agar Laboratoratoriya xulosalariga ko'ra, favqulodda holatda chempionatni yakunlashga to'g'ri kelsa, UPL/UFAning Protokoli ofisdagi qaysi stolda joylashgan? Nima, ular bu kerakli ekanligini bilmasmidi? SHu tariqa biz Mendeleev siri bilan o'rtoqlashamiz.
2. Agar xuddi nemislarning hisob-kitoblari kabi mavsumni tugatish uchun 22 000 ga yaqin ekspress-testlar talab etilsa, UPL klublarining har biri laboratoriyalar uchun kamida ming grivendan pul to'lashga tayyormi? Bizning sharoitimizda UPLning har bir jamoasi mavsum oxiriga qadar o'rtacha 1000 ta testdan o'tishi kerak - va bu 1 million grivenga tushadi. Biz federaciyadagilar Bundesliga misolidan kelib chiqib, ushbu moliyaviy yukni o'z zimmalariga olishiga shubha qilamiz.
3. Agar mo'jiza ro'y berib, davlatning hozirgi tanqislik sharoitida shunchalik ko'p testlarni o'tkazish mumkin bo'lsa, jamiyat "Ura" deb baqiradi.
4. Agar futbolchi/murabbiy/xodim kasallansa - biz chempionatni yana to'xtatamizmi?
5. Asosiy savol: "Nega?" Top-5’dagilar mavsumni to'xtatish orqali - TV-pullarini boy bergani hammamizga malum.
Bizda homiylik va bukmekerlik daromadlari yo'q bo'lsa, unda jamoalar nimani yo'qotadi? Ishonchimiz komilki, ular faqat ish haqini kamaytirish, logistik xarajatlarini nolga tushirish, yig'inlarni bekor qilishga intiladilar.
6. Klublar uchun qanchalik og'riqli bo'lmasin, biz yana bir bor eslatib qo'yishga jurat etdik.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика