So’nggi yangiliklar

17:20Расман: Кудряшов жамоадан кетди. "Сурхон"ни вақтинча Анвар Ғофуров бошқаради   0 17:03Энрике "Челси"ни тор-мор этгач лол қолдирди: "Бизнинг иккита голимиз ўйин тақдирини ҳал қилиб бўлганди!"  1 16:55Ўзбекистон Жаҳон чемпионати арафасида Европанинг топ терма жамоасига қарши ўйнаши мумкин  7 16:46Котрина Кулбите: "Тарих яратишга бир қадам қолди"   1 16:26Дик Адвокат "Фейеноорд"да Робин ван Персига маслаҳатчи бўлади  1 16:21Гвардиола "Реал"ни "Манчестер Сити"нинг энг қийин рақиби деб ҳисобламайди  7 15:20Жалолиддин Машарипов: "Узоғи билан 1 ойда умумий гуруҳга қайтаман"  3 13:40ФИФА Эронга умид билдирмоқда  2 13:13Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади  2 12:19"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи   83 12:01"Хоразм"-"Бунёдкор": устунлик "қалдирғочлар" томонидами?  2 11:12Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Пахтакор"ни ютган "Навбаҳор"да ўзига ишонч юқори"   3 10:28"Реал"дан учралган мағлубиятдан сўнг Гвардиола нималар деди?  43 09:49Артета навбатдаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  22 09:21"Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборган Арбелоа нималар деди?  17

Ukraina hamda Braziliya terma jamoasi ustozlari yarim final oldidan qanday fikrda? Yangiliklar

Ukraina hamda Braziliya terma jamoasi ustozlari yarim final oldidan qanday fikrda?

Ukraina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Oleksandr Kosenko va uning braziliyalik hamkasbi Xaver Markinos futzal bo'yicha JCH yarim final uchrashuvi oldidan quyidagi fikrlarni bildirdi.

"Braziliya juda kuchli jamoa. Ular jahon chempioni bo'lish borasida rekordchi hisoblanadi. Menimcha, Braziliya kubok uchun asosiy favoritdir. Ularda istalgan jamoaga boshog'riq bo'ladigan juda ko'p o'yinchilar bor. Biz o'z uslubimizda o'ynashimiz va bor kuchimizni ishga solishimiz kerak", – dedi Kosenko. 



"Yarim final oldidan hech qanday bosim his qilmayapman. Biz optimist kayfiyatdamiz va buni mundial so'ngiga qadar saqlab qolmoqchimiz. Agar bosimni his qila boshlasak, o'z mohiyatimizni unutib qo'yishimiz mumkin.

Ukraina malakali jamoa hisoblanadi. Ular bejiz yarim finalga qadar etib kelmadi. Bo'lajak uchrashuvga jiddiy etibor qaratishimiz lozim. Raqibimiz qaysi jamoa bo'lishidan qati nazar o'z shiddatimiz, o'z o'yinimizni saqlab qolishimiz darkor. Ushbu mundialda uch yil davomida qanday tayyorgarlik ko'rganimizni namoyish etmoqchimiz. 

Bizni hujumkorlikka urg'u qaratishimizni ko'p aytishadi, lekin biz etiborni himoyadan boshlaganmiz. Himoya — eng kuchli qurolimiz. Ishonchli mudofaa ushbu bosqichga etib kelganimizdan dalolat beradi, biroq to'xtab qolmaymiz. Turnirda raqiblar qiyinlashib borgani sayin himoyalanish va hujum qilishning boshqacha uslublarini takomillashtirib boramiz.

Yana bir bor aytaman, so'nggi uch yil davomidagi tayyorgarligimiz va maqsadimiz turnir davomida bizga motivaciya bo'lmoqda. SHu bilan birga, barcha jamoalarni hurmat qilamiz. Boshqa jamoalarga bo'lgan hurmat o'z jamoamizga hurmat demakdir", – dedi Markinos.  



Eslatib o'tamiz, yarim final bellashuvi bugun "Humo Arena"da 20:00 da start oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика