So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  6 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  6 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  18 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

"Ukraina fuqaroligini taklif qilishdi. Lekin bolaligimdan O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynashni istaganman". Marlen CHobanov bilan intervyu Yangiliklar

"Ukraina fuqaroligini taklif qilishdi. Lekin bolaligimdan O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynashni istaganman". Marlen CHobanov bilan intervyu

Odatda intervyu olish uchun ichki chempionatimizda to'p tepayotgan, ko'pchilikka malum bo'lgan futbolchilardan tashqari yangi nomlarni ham izlashga harakat qilamiz.

Bugungi suhbatdoshimiz qishki transferlar oynasi vaqtida Ukrainaning "Obolon" klubidan "Paxtakor"ga ko'chib o'tgan Marlen CHobanov. Barchangiz o'ylanib qolganingiz tabiiy, qiziq u kim ekan? Yuqorida takidlaganimizdek yana bir yangi nom. 20 yoshga to'lgan himoyachi "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Keyinchalik Ukraina klublarida futbol bilan shug'ullanishni davom ettirgan Marlen 2017 yildan boshlab Kievning "Obolon" jamoasi sharafini himoya qilgan. O'tgan yilning ikkinchi yarmidan boshlab mashg'ulotlarda ishtirok etgan CHobanov bilan klub ikki yillik kelishuvga erishdi. "SHerlar"ning "Riga" bilan o'yinidan so'ng Marlenni suhbatga chorladik. 

- Marlen, keling dastlab bolalik yillaringiz, futbolga kirib kelishingiz tarixi haqida gapirib bersangiz. Aksariyat hollarda bunday savol bilan endi etishib chiqayotgan yosh futbolchilarga yuzlanamiz...

- Assalomu aleykum. Men Toshkent shahrida tug'ilganman. Olti yoshga to'lganimda otam "Paxtakor" klubiga olib borganlar. 13 yoshimda esa Lvovga ko'chib o'tdik. 

- Bilishimizga qaraganda, "Paxtakor"da Temur Olimxo'jaev qo'l ostida shug'ullangan ekansiz. Ushbu mutaxassis o'zbek futboliga ko'plab futbolchilarni etkazib bergan. Hususan, ayni payt "Spartak"da to'p tepayotgan Oston O'runovning ham murabbiyi hisoblanadi...

- Ha, hammasi to'g'ri. Temur Olimxo'jaev murabbiyligidagi jamoada shug'ullanganman. Ularning shogirdlari hozirda ko'plab jamoalarda topiladi. 

- Ukrainaga qanday qilib borib qoldingiz? U erdagi sarguzashtlaringiz qay tariqa kechdi?

- Dastlab O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga jalb qilinishni boshladim. Menda o'sha paytda Kievning "Dinamo" klubi akademiyasiga borish imkoniyati yuzaga keldi. Taklifni qabul qildim. Umuman olganda Ukrainadagi faoliyatimdan ajoyib xotiralar qoldi. 

- Futbol siz uchun nima? Uchta so'z bilan ifodalab bera olasizmi?

- Futbol men uchun: hayotim mazmuni va oldimga qo'ygan maqsadim. 

- O'zbekistonda tug'ilib so'ng boshqa mamlakatga ko'chib ketgan futbolchilar haqida ko'p eshitganmiz. Ko'p hollarda ular faoliyatlarini xorijda davom ettirishgan va o'sha mamlakat fuqaroligini taklif qilishgan. Sizga Ukrainada mamlakat fuqaroligini taklif qilishdimi? Agar shunday vaziyat yuzaga kelgan bo'lsa, siz qanday munosabatda bo'ldingiz?

- Ha, menda ko'plab variantlar, oldimda turli tuman takliflar bor edi. Boisi ko'p vaqtimni Ukrainada o'tkazdim. Fuqarolik taklif qilishdi, lekin men bolaligimdan O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynashni orzu qilib kelganman. CHunki, bu mening vatanim. 

- "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi hisoblanasiz. Orada ko'p vaqt o'tgach klubga qaytdingiz. Jamoada qanday o'zgarishlarni ko'rdingiz?

- SHak-shubhasiz klubda juda katta yangiliklarga guvoh bo'ldim. Ijobiy tomonga o'zgarishlarga qo'l urilgani sezilib turibdi. Jamoa o'z oldiga eng oliy maqsadlarni qo'ygan. Oldinga qarab rivojlanmoqda, deya olaman.

- "Obolon"dagi faoliyatingiz davomida sizda kuchliroq jamoalarga o'tish imkoniyati bo'ldimi? "Paxtakor"ga kim taklif qildi?

- Ha, Ukrainaning o'zidan shuningdek boshqa chempionat jamoalaridan chorlovlar kelib tushdi. Ammo, hozir bu haqida gapirishdan mano yo'q. Ayni pallada mening vazifam O'zbekistonning bayroqdor jamoasi bo'lmish "Paxtakor" sharafini munosib himoya qilish. SHunday ekan boshqa narsalar haqida o'ylamayman. "Paxtakor"ga klub rahbarlari taklif qilishdi. Bosh murabbiy Piter Xyuistra bilan ishlash maroqli, deb ayta olaman. 

- Jamoa kuni kecha BAA yig'inini yakunladi. U erda "Zenit", "Spartak" kabi kuchli va nomdor jamoalarga qarshi nazorat o'yinlarini o'tkazdi. Yig'indan qanday xulosalar chiqarildi?

- Yig'in yakuniga etmoqda. Xorijdagi mashg'ulotlarda ko'p ishladik, mehnat qildik. O'rtoqlik uchrashuvlaridan so'zsiz katta tajriba to'pladik. Bunday raqiblar bilan o'ynash hamisha yoqimli va foydali bo'lgan. SHu orqali biz o'z holatimiz qandayligini ko'rib olamiz. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi




Reklama



Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика