Ugo Loris: "Keyn – ideal namuna"
31 okt 2017 20:58
Yangiliklar
Ugo Loris: "Keyn – ideal namuna"
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris jamoadagi sherigi Xarri Keynning o'yini haqida gapirib o'tdi.
"U jangchi va mexnatkash. U menga o'xshaydi. Keynga o'ziga chaqiruv tashlash yoqadi. SHu sabab u juda ham ambiciali. Xarri har doim gol urishni xohlaydi. Gol ursa, buni yana bajarishni istayveradi.
Keynga jamoani etaklash haqida gapirish shart emas. U buni o'z misolida bajaradi. Yoshlar mana shunday o'yinchidan namuna olishlari kerak.
Etakchi o'zini maydonda, mashg'ulotda, o'yinda va trenajerda ko'rsatadi. Faqat shundan keyingina sen ovozingni ishlatishing mumkin. Keyn – ideal misol. Agar Xarri mashg'ulotdan keyin qolishi kerak bo'lsa, qooladi va ishidan rohat oladi.
Futbol juda tez rivojlanmoqda. Og'ir mexnatsiz yaxshi o'ynash mumkin emas", - dedi Loris.
Fikrlar