"Jenoa" Dele Allini futbolga qaytarmoqchi
30 sen 2024 19:46
Yangiliklar
"Jenoa" "Everton" va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Dele Alliga qiziqish bildirmoqda.
28 yoshli yarim himoyachi iyul oyi boshida "irislar"ni tark etganidan beri erkin agent sanaladi.
SHu tariqa Genuya klubi ukrainalik Ruslan Malinovskiy uzoq muddatga safdan chiqqanidan so'ng maydon markazidagi muammoni hal qilishga urinmoqda.
Alli "Tottenxem" va "Beshiktosh"dagi o'yinlari bilan tanilgan. Yarim himoyachi Angliya terma jamoasi safida 37 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.
"Jenoa" A Seriya turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. Alberto Jilardino shogirdlari 5 oktyabr kuni navbatdagi tur doirasida "Atalanta" bilan bahs yuritadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar