Ugo Broos: "Kamerun finalga haqli chiqdi"
03 fev 2017 20:03
Yangiliklar


Ugo Broos: "Kamerun finalga haqli chiqdi"
Kamerun terma jamoasi bosh murabbiyi Ugo Broos jamoasining Afrika kubogi-2017 finaliga chiqqanini sharhlab o'tdi.
"Biz orzularni amalga oshirishga erishdik. Jamoa uchun juda ham mamnunman. Bu jamoa finalga haqli tarzda chiqdi. Gananing oxirgi muvaffaqiyatlari tahsinga loyiq, lekin biz musobaqa boshidan ko'p narsaga qodir ekanligimizni ko'rsatdik. Yarim final bellashuvini yaxshi boshladik, tanaffusdan keyin esa og'ir bo'ldi. Biroz omad keldi. Gana hisobni tenglashtirishga harakat qilayotganda, bo'sh zonalardan foydalanib ikkinchi to'pni kiritdik", - deydi Broos.
O’xshash yangiliklar
14:25
JCH yilida PFL rejalarida o'zgarishlar bo'lishi mumkin: tashkilot 3 ta variantni ilgari surdi 6
14:26
O'zbekiston U-23 terma jamoasi xotira turnirida Yaponiyaga imkoniyatni boy bergan o'yindan GALEREYA 0

Fikrlar