So’nggi yangiliklar

17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  0 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  2 17:10Суперлига. "Сурхон" - "Машъал". Таркиблар маълум  0 16:47Ўзбекистонлик ҳакам университетлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати учрашувини бошқарди  0 16:27ЎФФ раҳбарияти Осиё Кубоги саралаши олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  1 15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  1 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  3 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  9 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  11 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  9 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  10 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1

RPL. "Rostov" bir kishi kam bo'lib qolgan "Ufa"ni mag'lub etdi Yangiliklar

RPL. "Rostov" bir kishi kam bo'lib qolgan "Ufa"ni mag'lub etdi

Rossiya chempionati 4-turi doirasida "Rostov" "Ufa" mehmoni bo'ldi.

FC Ufa

Premier League . 4-tur

23/08/2020, 19:30

1
:
0
Tugadi

FC Rostov

Kento Hashimoto - 79'

Stadion: Neftyanik Stadium

45'
90'
39'  Vyacheslav Krotov
46'  Artem Golubev (Olivier Thill)
65'  Timur Zhamaletdinov (Gamid Agalarov)
75'  Oleg Danchenko (Igor Bezdenezhnykh)
77'  Catalin Carp
78'  Gamid Agalarov
84'  Catalin Carp (Lovro Bizjak)
64'  Mathias Normann (Pavel Mamaev)
65'  Aleksey Ionov (Dmitry Poloz)
79'  Kento Hashimoto
79'  Pavel Mamaev
82'  Khoren Bayramyan
84'  Baktiyor Zaynutdinov (Evgeny Chernov)
90'  Eldor Shomurodov (David Toshevski)
90'  Evgeny Chernov

"Ufa" – "Rostov" 0:1

"Neftyanik"

Gol: 0:1 – 79 Xasimoto.

"Ufa" – Belenov, Alikin, Suxov, Nikitin, Danchenko (Bezdenejnyx, 75), Golubev (Till, 46), Karp (Bizyak, 84), Aliev, Nedelcharu, Jamaletdinov (Agalarov, 65), Krotov.

"Rostov" – Baburin, Xadjikadunich, Osipenko, Kozlov, Glebov, Xasimoto, Normann (Mamaev, 64), Zaynutdinov (CHernov, 84), Ionov (Poloz, 64), Bayramyan, SHomurodov (Toshevski, 90).

Ogohlantirishlar: Karp (77), Agalarov (78), Bayramyan (82), CHernov (90).

CHetlatish: Krotov (39).


Uchrashuv yakunlandi!

90. "Rostov"da o'zgarish: SHomurodov o'rniga Toshevski maydonga tushdi.

87. SHomurodov "Rostov"ning qarshi hujumini boshlashga urindi, ammo tezlikni oshiravermagach "Ufa" himoyachilari o'z poziciyalarini egallashdi va qarshi hujum to'xtatildi.

83. "Rostov" huddi O'zbekiston terma jamoasidek bahsning so'nggi daqiqalarida bo'sh harakat qilib, raqib hujum uyushtirishiga imkon beryapti.

82. Bayramyan o'z jarima maydonchasi yonida raqibning boshiga tepib yubordi, raqibda gol urish uchun qulay vaziyat.

79. GOOOL! Nihoyat "Rostov" hisobni ochdi. Yaponiyalik Xasimoto Baxtiyor Zaynutdinovning qanotdan uzatgan to'pini boshi bilan darvozaga joyladi. 0:1! Hakam VARga murojaat qilib, gol "tozaligi"ni tekshirmoqda.

78. To'p yana qanotdan uzatildi va yana Mamaev darvozaga zarba berdi, bu safar Belenovdan seyv. Darvozabonning har bir seyvidan so'ng uning stadiondagi turmush o'rtog'i Belenovga bo'sa yo'llab qo'ymoqda.

74. ZARBAAA! BAyramyan to'pni qanotdan erlatib jarima maydonchasiga uzatdi, ammo Mamaevning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

72. "Ufa" uzoq vaqt ichida birinchi marta hujumga o'tdi, ammo mezbonlarning zarbasini "Rostov" posboni egallab oldi.

64. "Rostov" safida o'zgarish: Normann o'rniga Mamaev maydonga tushdi.

60. Qanotdan uzatmalar, jarima maydonchasiga yorib kirishlar foyda keltirmayapti.

56. Hozircha "Rostov" safida Normann va Bayramyan faol harakat qilmoqda, qolganlar esa huddi shu natijaga rozidek o'ynashmoqda, xatto SHomurodov ham.

50. "Rostov" son jihatdan raqibdan bir kishi ko'pligi tufayli to'pni raqibga bermayapti va jarima maydonchasi ichiga uzatmalarni tindirmayapti, biroq hozircha goldan darak yo'q.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. SHOMURODOOOV! "Ufa" himoyachilarining navbatdagi xatosi Eldorning goli bilan tugashi mumkin edi, ammo posbon to'pni qaytardi.

43. Baxtiyor hisobni ochishga yaqin keldi, ammo darvozabonga yordamga kaelgan himoyachi to'pni chiziq ustidan qaytardi.

39. Qizil kartochka. Bosh hakam VAR ekraniga yaqinlashdi va Krotov raqibga nisbatan juda qo'pol harakat qilganini ko'rib, uni o'yindan chetlatdi. "Rostov" endi bir kishi ko'p bo'lib o'ynaydi.

36. Sariq kartochka. "Ufa" futbolchisi ogohlantirildi, ammo hakam VARdagilarni eshityapti. Qizil kartochka ham berilishi mumkin.

30. Normanning uzatmasidan so'ng SHomurodov o'ng qanotda to'pni qabul qildi va markazroqda ochilayotgan jamoadoshiga uzatdi. To'pni to'xtatmay berilgan zarba himoyachiga tegib qaytdi.

28. To'pga egalik qilish bo'yicha katta ustunlik "Rostov" tomonda, ammo mehmonlar golga tortuvchi tuzukroq hujum uyushtira olgani yo'q.

24. ZARBAAA! Bayramyan raqibning xatosidan so'ng to'pni egalladi va tezlik bilan darvozaga zarba berdi. Posbonning seyvi tufayli hisob ochilmadi.

18. SHomurodov qanotdan havolatib uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylashga urindi, ammo zarba noaniq.

14. ZARBAAA! SHomurodov jamoadoshining havolatib uzatgan to'pni o'ng burchak oldida o'ziga to'g'irladi va erga tushirmay zarba berdi, biroq to'p darvozaning yonginasidan o'tib ketdi.

8. Hozircha kichik ustunlik "Rostov" tomonda. Mehmonlar to'pga egalik qilishda raqibdan ustun kelishmoqda.

4. SHomurodov raqib himoyachisining xatosidan foydalanib, to'pni egallab oldi va uni Bayramyanga uzatdi, ammo Xoren to'pni bo'ysundira olmay, uni yo'qotdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Bahs 18:30da start oladi.

Ufa – Rostov
23 avgust, 18.30, «Neftyanik» stadioni

Ufa – Belenov, Alikin, Suxov, Nikitin, Danchenko, Golubev, Karp, Aliev, Nedelcharu, Jamaletdinov, Krotov.
Rostov – Baburin, Xadjikadunich, Osipenko, Kozlov, Glebov, Xasimoto, Normann, Zaynutdinov, Ionov, Bayramyan, Eldor SHomurodov.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика