"Ufa": "Legionerlar ketish xohishini bildirishmadi"
08 mar 2022 15:38
Yangiliklar
"Ufa": "Legionerlar ketish xohishini bildirishmadi"
"Ufa" bosh direktori SHamil Gazizov klubda legionerlar bilan holat stabil ekanligini aytdi.
"Bizda legionerlar bilan holat o'z joyida. Hech bir chet ellik o'yinchi hali bu borada og'iz ochmadi va ketish xohishini bildirmadi", - deydi Gazizov.
Oldinroq, FIFA RPL va MFLda o'ynovchi futbolchilarga joriy mavsum so'nggiga qadar shartnomalarini to'xtatishga ruxsat bergandi.
Eslatib o'tamiz, "Ufa" safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov Moskvaning "Spartak" jamoasidan ijara asosida o'ynamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar