So’nggi yangiliklar

14:45"Манчестер Сити" "Ньюкасл" ҳимоячиси билан битим тузмоқчи  0 14:22"Бухоро" ва "Андижон" стадионларига VAR техникаси ўрнатилди  0 13:59"Арал" назорат учрашувида "Машъал"га жавобсиз 3 та гол урди  2 13:39Суперлига ҳакамлари учун FIFA VAR семинари бўлиб ўтади  1 13:07"Ливерпуль" ва "Барселона" собиқ юлдузи ўзига янги жамоа қидирмоқда  3 12:51"Марсель" янги мураббий тайинланганини эълон қилди  0 12:24МЮ англиялик юлдуз учун катта пул тўлашга тайёр  4 11:56А Серия. "Милан" "Комо"ни ютолмади  0 11:35Элит ОЧЛ гуруҳ босқич якунлари: ким учун омадли, ким учун омадсиз  3 10:47Фабрицио Романо "Реал"га Юрген Клопп келиши мумкинлиги ҳақида гапирди  4 10:20Алонсо илк таклифга йўқ деди  3 09:52"Реал" 20 ёшли футболчи учун 100 миллион беришга тайёр  2 09:24МЮ раҳбарияти Маркус Решфордни "Барселона"га ижарага берганидан пушаймон  11 08:55"Реал" футболчиси: "Рақсга туш ва ҳеч қачон тўхтама"  6 08:27Трент Александер-Арнолд "Ливерпул"га қайтиши мумкин — Mirror  5

Nega "SHo'rtan" Superligada G'uzordagi stadionda o'ynay olmaydi? Yangiliklar

Nega "SHo'rtan" Superligada G'uzordagi stadionda o'ynay olmaydi?

Xabaringiz bor, G'uzorning "SHo'rtan" klubi o'tish o'yinida "Olimpik"ni mag'lub etdi va Superligaga qaytdi.

Kuni kecha PFL bosh direktori o'tkazgan matbuot anjumanida ayni paytda Superliga bahslarini qabul qilishga tayyor bo'lmagan stadionlar ro'yxatida G'uzordagi stadion ham borligi etiborimizni tortdi. Vaziyatga oydinlik kiritish uchun "SHo'rtan" klubi bosh direktori SHamil Yarulin bilan suhbatlashdik. 



"Avvalo, Qashqadaryo va G'uzor ahlini Superliga yo'llanmasi bilan tabriklayman. "SHo'rtan"ning barcha muxlislarini muborakbod etaman. Stadion masalasiga keladigan bo'lsak, eng asosiy muammo maydonimizda. Buni PFL vakillari stadionni o'rganishganida malum qilishdi. Bir narsani takidlashni xohlardim, PFL rahbariyatining olib borayotgan ishlariga hech qanday etirozim yo'q. So'nggi yillarda PFL ancha o'sdi va tartibga solingani bor gap. Buni hamma ko'rib turibdi. Stadionga qaytsak, bilasiz, Respublikamizda ichimlik suvi muammosi paydo bo'lmoqda. Masalan, G'uzor tumanida aholini ichimlik suvi bilan taminlash hali oxiriga etmagan. Bizning stadionimizdagi maysa kuz fasliga kelib tabiiy ravishda sarg'ayishni boshlaydi. Bu maysani sarg'aymasligining iloji yo'q. Bitta yo'li bor, stadionga yangi, boshqa turdagi maysa ekish. Biz yangi maysa ekishga ham tayyormiz. Lekin suv muammosi tufayli yangi maysa eksak ham shunday holat yuzaga kelaveradi. Bahor va yoz oylarida stadionimizga kelganlar biladi, maysa yam-yashil holatda bo'ladi. G'uzordagi maydon sifati ancha yillardan buyon yuqori holatda bo'lib kelmoqda. Sifati deganda maydonning tekisligi va futbolchilar uchun qulayligini aytayapman. Maydon kuzda sarg'ayib ketishi bu tabiiy jarayon. Bunga "SHo'rtan" - "Olimpik" uchrashuvini televizor orqali ko'rganlar guvoh bo'lishdi.

Ayni paytda PFL bilan muzokaralar olib boryapmiz, balki kuzgacha uy o'yinlarimizni G'uzordagi stadionda o'tkazishga ruxsat berishar. Agar shunday bo'lsa g'uzorlik muxlislar ulardan minnatdor bo'lishardi. Qaytarman, PFLning olib borayotgan ishiga umuman etirozim yo'q. Ular professional tarzda ishlashmoqda. Tez orada stadion borasida yakuniy qaror qabul qilinadi", - dedi SHamil Yarulin championat.asia saytiga.




Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика