UEFA Evropa Ligasi finalidan so'ng "Tottenxem"ga medallar etmay qolgani uchun uzr so'radi
23 may 17:33
Yangiliklar


UEFA Evropa Ligasi finalidan so'ng "Tottenxem"ga medallar etmay qolgani uchun uzr so'radi
UEFA vakili Evropa Ligasi finalida g'alaba qozongan "Tottenxem"ga medallar etishmagani yuzasidan fikr bildirdi.
21 may kuni londonliklar hal qiluvchi o'yinda "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobi bilan mag'lub etdi. Yagona golni Brennan Jonson urdi. O'yin yakunida "shporlar"ning 3 nafar futbolchisiga oltin medallar etishmay qoldi.
"Afsuski, taqdirlash marosimida o'yinchilar sonidagi kutilmagan farq tufayli sahnada topshirish uchun etarli miqdorda medallarimiz bo'lmadi.
Marosimda jamoaning ko'plab vakillari, jumladan, dastlab mo'ljallanganidan ko'proq jarohatdagi futbolchilar ishtirok etdi.
Etishmagan medallar darhol g'olib jamoaning kiyinish xonasiga etkazildi va bu xato uchun chin ko'ngildan uzr so'radik", – dedi UEFA vakili.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar