UEFA CHempionlar Ligasi finali uchun chiptalarni sotuvga chiqardi
10 mar 2014 21:53
Yangiliklar


UEFA CHempionlar Ligasi finali uchun chiptalarni sotuvga chiqardi
Bugundan 21 martgacha UEFA rasmiy saytidan 2013/14 yilgi mavsum CHempionlar Ligasi final uchrashuvi uchun chipta sotib olish imkoniyati mavjud bo'ladi.
24 may kuni Lissabondagi Eshtadiu da Lush stadionida bo'lib o'tadigan final uchun to'rt toifadagi chiptalar chiqarilgan: 390 evro, 280, 160 va 70 evro.
CHiptalarni kredit kartasi orqali sotib olish mumkin. Buyurtma qilingan chiptalar 2014 yil aprel oyining so'nggida o'z egalariga etkazib beriladi.

Fikrlar