U-23 Osiyo chempionati. Kelasi yil yurtimizga tashrif buyuradigan jamoalar 5taga etdi
31 okt 2021 13:24
Yangiliklar
U-23 Osiyo chempionati. Kelasi yil yurtimizga tashrif buyuradigan jamoalar 5taga etdi
SHu kunlarda Osiyo qitasi bo'ylab ushbu musobaqa uchun markazlashgan tartibdagi saralash bahslari bo'lib o'tmoqda. Yaponiya yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatiga birinchi bo'lib yo'llanmani naqd qilganini aytib o'tgandik.
Hozirgi paytga kelib Yaponiya U-23dan tashqari yana to'rtta jamoa U-23 Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bular - Quvayt, BAA, Avstraliya va Malayziya.
Timur Kapadze boshqaruvidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentda bo'lib o'tayotgan saralash bosqichida konkursdan tashqari qatnashayotganini yaxshi bilasiz. Vakillarimiz dastlab Saudiya Arabistoni bilan 2:2 hisobini qayd etib, so'ngra Bangladeshni 6:0 hisobida mag'lub etishdi. Futbolchilarimiz oxirgi turni 2 noyabr kuni guruh peshqadamligini qo'lga kiritgan Quvaytga qarshi o'tkazishadi.
"Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuv soat 15:00da boshlanadi. Quvayt o'tgan tur Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida mag'lub etganini hisobga olsak, yoshlar terma jamoamizni yana bir qiziqarli bahs kutmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar