So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  2 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

U-23 Osiyo chempionati boshlanishiga 7 kun qoldi Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati boshlanishiga 7 kun qoldi

9 yanvar kuni Xitoy mamlakatida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati musobaqasi boshlanadi.

Ushbu musobaqa uchinchi marta o'tkazilmoqda. Dastlabkisi, 2013 yil Ummon davlatida bo'lib o'tgan. O'shanda finalga Iroq va Saudiya Arabistoni terma jamoalari etib kelishgan. Final uchrashuvi Iroq terma jamoasining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgandi. Uchinchi o'rin Iordaniya terma jamoasiga nasib etgan.

U-23 Osiyo chempionatining ikkinchisi 2016 yil Qatarda bo'lib o'tgan. Bu musobaqada yuqori o'rinlarni egallagan jamoalarga Rio-2016 Olimpiadasiga yo'llanma taqdim etilardi. Finalga Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari etib kelishdi. Yaponiyaliklar 3:2 hisobida g'alaba qozonib, chempionlikka erishishgan. Uchinchi o'rin Iroq terma jamoasiga nasib etgan.

9 yanvar kuni uchinchi bor o'tkazilayotgan U-23 Osiyo chempionatiga start beriladi. Musobaqada jami 16ta terma jamoa qatnashadi. O'tgan yilning 24 oktyabr kuni mazkur musobaqaga qura tashlangan bo'lib, jamoalar quyidagi guruhlardan joy olishgan:

"A" guruhi - Xitoy, Qatar, O'zbekiston, Ummon
"B" guruhi - Yaponiya, KXDR, Tailand, Falastin
"C" guruhi - Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Malayziya
"D" guruhi - Janubiy Koreya, Avstraliya, Suriya, Vetnam



Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz 4 yanvar kuni Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoyga uchib ketishadi. Vakillarimiz guruh uchrashuvlarini quyidagi taqvim asosida o'tkazishadi:

9 yanvar soat 16:30 Qatar - O'zbekiston

12 yanvar soat 13:00 O'zbekiston - Xitoy

15 yanvar soat 13:00 Ummon - O'zbekiston

*O'yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика