So’nggi yangiliklar

18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3

U-23 futbolchilari: "Bizga hech kim 10 ming dollar berasizlar degani yo'q" Yangiliklar

U-23 futbolchilari: "Bizga hech kim 10 ming dollar berasizlar degani yo'q"

O'zbekiston U-23 terma jamoasining uch nafar futbolchisi Prezident sovg'asi sifatida taqdim etilgan "Malibu" avtomobillarini rasmiylashtirish uchun so'ralgan 10 ming dollar miqdoridagi pulga o'z munosabatini bildirdi.

Kecha internet tarmog'ida O'zbekiston U-23 terma jamoasining Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatidagi yutug'idan so'ng chempionlarga muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan sovg'a sifatida taqdim etilgan "Malibu" avtomobillarini rasmiylashtirish uchun futbolchilardan pul so'ralgani haqida xabar tarqaldi.

Emishki "Malibu" mashinasini har bir futbolchi o'z nomiga rasmiylashtirib olishi uchun 10 ming AQSH dollari miqdorida pul berishi kerak bo'lgan. SHundagina hamma qog'ozli ishlar joy-joyida bo'lar ekan. Bu xabarni o'qib boshida hayron qoldik. Axir bu - Prezident sovg'asi bo'lsa, futbolchilardan pul undirish to'g'rimikan deb. So'ngra vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida U-23 terma jamoasining uch nafar futbolchisi bilan bog'lanib, ushbu masala yuzasidan ularning fikrini eshitdik. SHuni aytish lozim, har uchala futbolchi bunday gap-so'zlarni rad etdi.

Doston Tursunov (himoyachi): - "Bemalol to'g'risini aytishim mumkin, hech kimga menga shuncha pul berishing kerak, shundan keyin mashinani o'z nomingga rasmiylashtirib beramiz degani yo'q. Hech kim menga 10 ming dollar to'lashing shart demadi. Osiyo chempionatidagi yutug'imiz tufayli muhtaram Yurtboshimiz bizni mashina bilan taqdirladilar va u kishiga katta rahmat".

Andrey Sidorov (hujumchi): - "To'g'risi, buni birinchi bor sizdan eshitib turibman. Futbolchilardan pul so'rashgani bo'lmagan gap. To'g'ri, hozircha mashinani o'z nomimga rasmiylashtirganim yo'q, lekin bu tez orada hal bo'lishidan umidvorman. Ammo futbolchilardan 10 ming dollar so'rashgani umuman bo'lmagan gap".

Zabixillo O'rinboev (terma jamoa sardori): - "Kecha shu xabar chiqqanidan beri ko'pchilik tanishlarim rostan shunaqa bo'ldimi deb so'rashdi. Boshida o'zim ham hayron qoldim va bunaqa gap yo'q dedim. Mana endi siz so'rayapsiz. Faqat shuni aytishim mumkin, mendan ham, jamoadagi boshqalardan ham hech kim mashinani o'z nomlaringga rasmiylashtirib olish uchun pul to'lashinglar kerak deb aytgani yo'q.  10 ming dollar berish kerak degan gaplar quruq gapdan boshqasi emas. Menimcha, bularning barini kimdir to'qib chiqargan".



X.Xoliqov.

Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика