So’nggi yangiliklar

21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"на ёрдам бера оладими?  0 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  17 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  0 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  0 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  4 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  4 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  40 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   5 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

U-20 Jahon chempionati. Argentina, Urugvay, Kolumbiya va Braziliya yo'llanmaga ega bo'ldi Yangiliklar

U-20 Jahon chempionati. Argentina, Urugvay, Kolumbiya va Braziliya yo'llanmaga ega bo'ldi

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yozda yoshlar o'rtasidagi U-20 Jahon chempionatida ishtirok etadi.
2015 yilgi yoshlar o'rtasidagi mundialga Yangi Zelandiya mezbonlik qiladi. JCH 30 may kuni boshlanib 20 iyun kuni o'z yakuniga etadi.

Musobaqa o'yinlari Yangi Zelandiyaning 7ta shahrida bo'lib o'tadi. Mezbon shaharlar: Oklend, Kristchurch, Dunedin, Xamilton, Nyu Plyumout, Vangarei, Vellington.

Unda jami 24ta jamoa ishtirok etadi.

Mezbon Yangi Zelandiya to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lganini tushunitirib o'tirish shart emas.

Okeaniya mintaqasida bo'lib o'tgan saralashda Fiji yoshlari chempion bo'ldi va ushbu mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

O'tgan yil yozda Vengriyada bo'lib o'tgan Evropa chempionatida ishtirok etgan 8ta jamoaning 6tasi Yangi Zelandiyadagi Jahon chempionatiga yo'llanma oldi: Germaniya, Portugaliya, Serbiya, Avstriya, Ukraina va Vengriya.

Osiyo qitasidan ushbu musobaqaga boradigan to'rtta jamoa nomi malum bo'lgan: O'zbekistondan tashqari Myanma, KXDR va Qatar yoshlar terma jamoalari mundialda ishtirok etishadi.

SHimoliy Amerikadagi saralash 9-24 yanvar kunlari tashkil etildi. Yamaykada bo'lib o'tgan musobaqada Meksika, Panama, AQSH va Gonduras terma jamoalari mundialga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Janubiy Amerikada esa JCH yo'llanmalari 14 yanvar - 7 fevral kunlari oralig'ida o'ynalmoqda. So'nggi tur oldidan Jahon chempionatiga chiqqan to'rt jamoa nomi malum bo'lib ulgurdi. Unga ko'ra qitaning favoritlari Argentina, Urugvay, Kolumbiya va Braziliya yoshlari Yangi Zelandiyaga boradigan bo'lishdi.

Afrikadan to'rttadan jamoa Yangi Zelandiyaga boradi.
Qora qitadagi chempionat 2015 yilning 8-22 mart kunlari bo'lib o'tadi.

U-20 Jahon chempionatiga 2015 yilning 10 fevral sanasida qura tashlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика