So’nggi yangiliklar

19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:1 (матнли трансляция)  4 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  11 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  15 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  121 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  7

U-20 Osiyo kubogi. Anvar Rahimov: "O'zbekiston guruhda favorit, biz Erondan kuchlimiz" Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. Anvar Rahimov: "O'zbekiston guruhda favorit, biz Erondan kuchlimiz"

Keyingi bosqich yo'llanmasini muddatidan avval hal qilgan O'zbekiston U-20 terma jamoasi bugun guruhdagi so'nggi o'yinda Eron bilan kuch sinashadi.

Mazkur uchrashuv oldidan yoshlar bilan ishlash bo'yicha tajribali murabbiy Anvar Rahimovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"O'tgan ikki o'yinda yigitlar juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishgani bilindi. Murabbiylar shtabiga rahmat aytgan bo'lardim, chunki bunday turnirga futbolchilarni tayyorlash oson emas. Futbolchilar vatan uchun, ortda bayroq turganini his qilishlari kerak. Bu turnir ularning keyingi faoliyatiga turtki bo'lishi mumkin. Avvalgi uchrashuvlarda terma jamoamiz ikki xil tarkib bilan maydonga chiqdi. Bu kam jamoalarda uchraydi, asosan zaxira bilan muammo kuzatiladi. Rotaciyalar qila olishmasdi. Mazkur terma jamoada zaxira kuchli va bu murabbiyga yoqimli bosh og'riq. To'g'risini aytganda Yaman va Indoneziya bilan biz favorit edik. Eron bilan o'yinda asosiy kuchimiz sinaladi. Keyingi bosqich yanada qiyinroq bo'ladi. 

U-20 terma jamoadagi ko'p futbolchilarni taniyman va salohiyatini yuqori baholayman. Erondan ham kuchliroqmiz. Bunga futbolchilar ishonishi kerak. Yaponiya yoki Koreya bilan ko'p omillar rol o'ynaydi, shuning uchun jonimizni berishimiz kerak",- deydi Anvar Rahimov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика