U-17 jahon chempionatida 1/8 final juftliklari malum Yangiliklar

U-17 jahon chempionatida 1/8 final juftliklari malum

Braziliyada bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida guruh bahslari o'z yakuniga etdi.

SHunday qilib keyingi bosqichga chiqqan jamoalar nomi malum bo'ldi. Guruhlarda birinchi-ikkinchi o'rinni egallab 1/8 finalga yo'l olgan jamoalar: 

"A" guruhi - Braziliya, Angola. 

"B" guruhi - Nigeriya, Ekvador. 

"C" guruhi - Franciya, Janubiy Koreya. 

"D" guruhi - Yaponiya, Senegal. 

"E" guruhi - Ispaniya, Argentina. 

"F" guruhi - Paragvay, Italiya. 


SHuningdek, uchinchi o'rinni olgan jamoalar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega 4ta jamoa ham keyingi bosqichga chiqdi: Meksika, Avstraliya, CHili va Gollandiya. 

Musobaqada OFK nomidan qatnashgan to'rtta jamoadan uchtasi Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etdi. Faqat Tojikiston guruhdan chiqa olmadi. 

U-17 jahon chempionatining 1/8 final juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan: 

Angola - Janubiy Koreya

Yaponiya - Meksika

Nigeriya - Gollandiya

Paragvay - Argentina

Ispaniya - Senegal 

Franciya - Avstraliya 

Ekvador - Italiya 

Braziliya - CHili 

Nimchorak final o'yinlari 5-6-7 noyabr oralig'ida o'tkaziladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика