U-16 Xalqaro o'rtoqlik turniri. SHukurullaevning supergoli O'zbekistonni mag'lubiyatdan qutqarib qololmadi
20 avg 2024 16:09
Yangiliklar
U-16 Xalqaro o'rtoqlik turniri. SHukurullaevning supergoli O'zbekistonni mag'lubiyatdan qutqarib qololmadi
Bugun O'zbekiston U-16 terma jamoasi Xitoyda davom etayotgan Xalqaro o'rtoqlik turnirining uchinchi turida maydonga tushdi.
Jamoamizning bugungi raqibi - musobaqa mezbonlari Xitoy o'smirlar terma jamoasi bo'ldi.
Qiziqarli bahslarga boy o'tgan bellashuvda hisobni yurtdoshlarimiz ochishga muvaffaq bo'lishdi. 18-daqiqada Abubakir SHukurullaev xitoyliklar darvozasini ishg'ol etdi. Futbolchimizning supergolini telegram-kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
Biroq birinchi bo'lim oxirida (42-daqiqa) Vang Yining aniq zarbasidan keyin muvozanatni tiklagan mezbonlar, ikkinchi bo'lim o'rtalarida (68-daqiqa) Vei SHiangshinning goli evaziga irodali g'alabaga erishdi.
U-16 Xalqaro o'rtoqlik turniri
Xitoy 2:1 O'zbekiston
Gollar: Vang Yi; Vei SHiangshin — Abubakir SHukurullaev




O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar